SARIMSOQGI
SARIMSOQGI — Janubiy Oltoydagi tog’ tizmasi. Qozog’iston Respublikasida. Uzunligi 60 kilometr. Eng baland joyi 3373 metr (Burkitovul tog’i). Effuziv, tuf, gillich slanes, qumtosh, granitlardan tarkib topgan. Shimoliy yon bag’ri tik, 1900-2100 metr balandlikkacha o’rmonlar bor. Janubiy yon bag’ri qiya, o’tloqlar va tog’ tundrasi bilan qoplangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz