Sarimsoq sousi




Sarimsoq sousi asosiy tarkibiy qismi sarimsoqdan iborat bo‘lgan sous. Sarimsoq odatda ezilgan yoki mayda to‘gʻralgan shaklda ishlatiladi. Oddiy sarimsoq sousi sarimsoq va moy, sariyog‘ yoki mayonez kabi mahsulotlardan tayyorlanadi. Sousni tayyorlash uchun turli xil qoʻshimcha ingredientlardan foydalanish mumkin.

Sarimsoq sousi bishftek, baliq, dengiz mahsulotlari, qoʻy goʻshti, pirzola, tovuq, tuxum va sabzavotlar kabi ko‘plab taomlarga maza qoʻshish uchun ishlatilishi mumkin. Doner kabob uchun ziravor sifatida ham ishlatiladi.

Turlari



Agliata




Agliata — italyan oshxonasida qovurilgan yoki qaynatilgan goʻsht, baliq, sabzavotlarga taʼm berish va ularga hamrohlik qilish uchun ishlatiladigan mazali va oʻtkir sarimsoq sousi. Birinchi marta Qadimgi Rimda tasdiqlangan va Liguriya oshxonasining bir qismi boʻlib qolmoqda.

Aioli



Aioli — sarimsoq va zaytun moyidan tayyorlangan Oʻrta yer dengizi sousi. Sous nomi katalon va provans tillarida „sarimsoq va moy“ degan maʼnoni anglatadi.

Filfil chuma



Filfil chuma — Liviya yahudiylarining sevimli qaylasi bo‘lib, shirin, achchiq qalampir kukuni, maydalangan sarimsoq va ziradan tayyorlanadi.

Asal sarimsoq sousi




Asal sarimsoq sousi Kanadada mashhur boʻlgan shirin va nordon sous. Asal sarimsoq sousi tovuq qanotlari, qovurgʻalar va mol goʻshti kabi boshqa ovqatlar bilan birga isteʼmol qilinadigan asosiy qaylalardan biri.

Mojo



Kuba oshxonasida mojo sarimsoq, zaytun moyi yoki choʻchqa yogʻi va anʼanaviy achchiq apelsin sharbati boʻlgan tsitrus sharbati bilan tayyorlanadi. U odatda kassavaga taʼm berish va qovurilgan choʻchqa goʻshtini marinadlash uchun ishlatiladi. Oreganosiz sous odatda „mojito“ deb ataladi va qovurilgan kassava (yuca) uchun ishlatiladi. Choʻchqa goʻshtini marinadlash uchun achchiq apelsin sharbati, sarimsoq, oregano, zira va tuz aralashmasi ishlatiladi.

Mujdei



Mujdei — Ruminiya oshxonasidagi achchiq sous. Kungaboqar yogʻi qaylaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri. Smetana ham qoʻshilishi mumkin.

Skordaliya




Skordaliya — yunon oshxonasining quyuq qaylasi. Koʻpincha tarkibiga sirka qoʻshiladi.

Taʼleya



Taʼleya — Misr oshxonasida sarimsoqni Ghee bilan qovurib, keyin koriander va chilli qoʻshib tayyorlanadi. Bamiya va kosharga maza qoʻshish uchun ishlatiladi.

Tarator



U tahini, limon sharbati va sarimsoqdan tayyorlanadi. U birinchi marta Katta Suriya hududida dehqonlari tomonidan tayyorlangan. Keyinchalik Finikiyaliklar tomonidan Pireney yarim oroliga olib kelingan. U yerdan sous Janubiy Fransiya hududiga tarqalgan. Tarator „Koʻrfazdagi arab mamlakatlari oshxonasining ajralmas qismi“ deb taʼriflangan.

Toum



Toum — Levant hududida keng uchun keng tarqalgan quyuq sarimsoq sousi. U ezilgan sarimsoq, tuz, zaytun moyi yoki oʻsimlik moyi va limon sharbatidan tayyorlanadi.

Shirin chili sarimsoq sousi



Janubi-Sharqiy Osiyo oʻylab topilgan bu qaylaning asosiy tarkibiy qismlariga qizil qalampir, sarimsoq, sirka vashakar siropi. Odatda sousga joʻxori kraxmal kabi quyuqlashtiruvchi moddalar qo‘shiladi.

Tzatziki



Sous Gretsiyada paydo boʻlgan, u ezilgan sarimsoq, maydalangan bodring va yogurtdan tayyorlanadi. Ayniqsa Bolqon hududida mashhur. Bolgariyada „sux tarator“ deb ataladi.

Yogurt



Oddiy sarimsoq sousini yogurt, mayonez yoki qaymoqqa maydalangan yoki ezilgan sarimsoq qoʻshib tayyorlash mumkin. Qoʻshimcha taʼm berish uchun limon sharbati, tuz, qalampir va arpabodiyon kabi ziravorlardan foydalaniladi.

Galereya




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz