Sariband




Sariband (fors. — toʻgʻon boshi) — oʻrta asrlarga oid toʻgʻon (16-asr). Surxondaryo viloyatidagi Bandixon qishlogʻidan 7 km shim.sharqdagi Oʻrgʻulsoy oʻzaniga qurilgan. Uning pishiq gʻishtdan (25x25x5 sm) ishlangan ayrim qismlari saqlanib qolgan. Toʻgʻondan bir oz balandlikda Oʻrgʻulsoyning chap qirgʻogʻida S. nomli tepa bor; u baland hisor (30x30 m) va atrofi devor bilan oʻralmagan qishloq harobasi boʻlib milodning boshlariga oid. Shu yerda daryo oʻzanidan qadimda turli taraflarga kanallar chiqarilgan. Kushonlar davrida ham bu yerda toʻgʻon boʻlganligi ehtimoddan xoli emas.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz