Sariagʻash (tuman)





Sariagʻach tumani  — Janubiy Qozogʻiston viloyatining eng yirik tumanlaridan biri. Hozirgi vaqtda maydoni 7613 km². Tumanda 40 dan ortiq millat va elatlar yashashadi. Aholisi 306,494 (2013).
Sariagʻach tumani — viloyatning janubida joylashgan. 1928-yillarda Keles tumani nomi bilan tashkil topgan. 1939-yilda Sariagʻash nomi berildi. Maydoni 7613 km². Tuman markazi — Sariagʻash shahri. Tuman hududi orqali Chimkent — Termiz Xalqaro avtomobil magistrali, Orenburg — Toshkent temir yoʻli oʻtadi.

Aholisi



Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 306,494 kishi, aholining oʻrtacha zichligi1 km 40,2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, aholining asosiy qishmini qozoqlar (86,9 %), undan boshqa oʻzbeklar (4,1 %), tojiklar (2,7 %), ozarbayjonlar (1,2 %), ruslar (1,1 %), tatarlar (0,9 %) va boshqalari istiqomat qilishadi.

Iqlimi



Iqlimi kontinental, qishi iliq, yozi issiq, qurgʻoq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −2 — 3 °C, iyulniki 24 — 28 °C. JYogʻingarchilikning yillik miqdori 200 – 300 mm.

Katta qishloqlari



Sariagʻash shahri

Ijtimiy soha



Tumanda umumiy bilim beruvchi 137 ta maktab bor, uning 94 tasi oʻrta, 15 tasi asosiy, 28 tasi boshlangʻich va 2 sport, musiqa maktablari. Madaniy mahkamlaridan 290 ta madaniyat markazlari va 36 ta kutubxona bor. Tibbiyot sohasida 2 shifoxona, 4 kasalxona, 24 oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, 104 feldsher-akusherlik punkt, silga qarshi dispanser faoliyat yuritmoqda. Oʻzbekiston bilan chegaradosh Jibek joʻli qishlogʻida bojxona joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz