Sarhang




Sarhang (fors. — qoʻshin boshligʻi) — 1) Xorazmshohlar davlatida 500 otliq askardan tashkil topgan harbiy guruh qoʻmondoni. S. saltanat oldidagi buyuk xizmatlari evaziga malik darajasiga koʻtarilishi hamda muayyan viloyatga hokimlik qilish imkoniyatiga ega boʻlgan; 2) Xiva xonligitsa qalʼalar atrofiga dushman otliqlari yoʻlini toʻsish maqsadida yogʻoch qoziklar qoqilgan. Mazkur vazifani bajaruvchilarga rahbarlik qiluvchi shaxs S deb atalgan; 3) Usmonli turk imperiyasitsa S. oʻz mavqeiga koʻra boʻlukboshidan yuqori lavozim hisoblangan.

Mumtoz fors-tojik va oʻzbek tili tarixiy-badiiy obidalarida S. umuman "lashkarboshi, sarkarda, boshliq" maʼnolarini anglatgan. Xususan, soqchilar boshligʻi sarhangi devon, darvozabonlar rahbari sarhan gi navbat birikmalari bilan ifodalangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz