Sarh




Sarh (arabcha: ساره), ilgari fransuz mustamlakasi Fort Archambault , Moyen-Chari mintaqasi va Chaddagi Barx Koh departamentining poytaxti.

Tarixi



Fort Archambault (Sarh) mustamlakachi Fransiya Ekvatorial Afrikasi tomonidan Kongo-Okean temir yoʻli qurilishi bilan bogʻliq mehnat lagerlaridan qaytganlar uchun tashkil etilgan. 1967-yilda Sarhda fransuzlar tomonidan sezilarli darajada katta toʻqimachilik majmuasi qurilgan.

Sarx aholisi 1990-yilda meningokokk meningit epidemiyasidan aziyat chekdi.

Geografiyasi



Sarh Chari daryosida joylashgan 350 milya (560 km) poytaxt NʼDjamenadan janubi-sharqda. U Chad janubidagi Sara xalqi sharafiga nomlangan.

Bu Chaddagi NʼDjamena va Moundudan keyin uchinchi yirik shahar.

Iqlim



Janubiy Chad va Sharqiy Sudan savannasining boshqa qismlari singari, Sarxda ham odatda tropik savanna iqlimi, nam mavsum va quruq mavsum va harorat yil davomida issiq boʻladi. Yillik oʻrtacha yuqori harorat 34.9 °C (94.8 °F), oʻrtacha yillik past harorat esa 20.9 °C (69.6 °F). Yilning eng issiq vaqti — martdan maygacha, nam mavsum boshlanishidan oldin boʻladi. Mart oyining eng yuqori oʻrtacha koʻrsatkichi — 39.1 °C (102.4 °F), eng oʻrtacha past koʻrsatkichi esa 24.7 °C (76.5 °F) ni tashkil qiladi. Aprel avgust oyida eng past oʻrtacha koʻrsatkich 30.6 °C (87.1 °F), dekabr oyida esa eng past oʻrtacha 16.4 °C (61.5 °F) tashkel etadi.

Sarhda yomgʻir 86 kun davom etadi. Koʻpgina tropik savanna iqlimi kabi aniq nam va quruq mavsum bilan oʻtadi. Dekabrda umuman yogʻingarchilik boʻlmaydi, noyabrdan martgacha deyarli yomgʻir yogʻmaydi. Avgust, eng yomgʻirli oy, oʻrtacha yogʻingarchilik 243.7 millimetr (9.59 in). Avgust oyida ham 18 kun yogʻingarchilik davom etadi, bu davir eng koʻp yomgʻir yogʻadegan davir hisoblanadi. Namlik nam mavsumda quruq mavsumga qaraganda ancha yuqori, fevralda namlik 29% va avgustda namlik 82%ni tashkel etadi. Sarh yiliga oʻrtacha 2737,3 soat quyosh nurini chiqadi, quyosh nuri yil davomida teng ravishda taqsimlanadi, garchi u nam mavsumda kamroq boʻlsa ham. Dekabr va yanvar oylarida quyosh eng koʻp, iyul oylarida esa eng kam quyosh nuri tushadi.

Iqtisodiyoti



Sarh hozir yirik transport markazidir. Unga Sarh aeroporti (IATA aeroport kodi SRH) xizmat koʻrsatadi.

Issiq va mavsumiy nam iqlimi tufayli paxta sanoati markazi hisoblanadi. Bundan tashqari, Chari daryosida tijorat baliq ovlash uchun muhim markazdir.

Shahar mintaqadagi tungi hayot markazi sifatida tanilgan. Shaharning diqqatga sazovor joylari Sarh milliy muzeyini oʻz ichiga oladi.

Taʼlim tizimi




Sarhda turli taʼlim muassasalari joylashgan:

Oliy maktablar



Litseylar — Oʻrta maktablar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Universitetlar




Qardosh shaharlar



Sarh egizak :

Taniqli odamlari




Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz