Sargis Martirosyan
Sargis Martirosyan (armancha: Սարգիս Մարտիրոսյան, nemischa: Sargis Martirosjan, tugʻ. 1986-yil 14-sentyabr, Yerevan, Armaniston SSR, SSSR) — 105 kg gacha vazn toifasida chiqish qiladigan armanistonlik avstriyalik ogʻir atletikachi. Buxarestda boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Evropa chempionatining bronza medali sovrindori. 2016-yilgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi, besh karra Avstriya chempioni.
Biografiya
Sargis Martirosyan 1986-yil 14-sentyabrda Yerevanda tugʻilgan. U 11 yoshidan oʻsha paytda yashagan Samahar (hozirgi Gegakert) qishlogʻidagi sport maktabida ogʻir atletika bilan shugʻullana boshlagan. Armaniston davlat jismoniy tarbiya institutida magistrlik darajasini olgan. Rus, nemis va arman tillarini biladi.
2005-yilda yoshlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida gʻolib chiqdi. Oʻsha yili u Avstriyaga yashashga koʻchib oʻtdi, chunki u Armanistonning ogʻir atletika boʻyicha yoshlar terma jamoasiga kirish imkoniyatiga ega emas edi. 2014-yilda u Avstriya fuqaroligini oldi va Avstriya terma jamoasida oʻynay boshladi.
Badenda yashaydi, SK Voest Linsda mashq qiladi. U Avstriya Qurolli Kuchlarining Armiya sport markazida xizmat qiladi, kapral unvoniga ega. U Germaniya Bundesligasida Germaniyaning Obrigheim klubida oʻynaydi. Uning sport kumiri amerikalik bokschi Muhammad Ali va sovet ogʻir atletikachisi Vasiliy Alekseevdir.
2015-yilda Sargis Martirosyan Vena shahrida bo‘lib o‘tgan Avstriya chempionatida ishtirok etib, birinchi o‘rinni egalladi. 2016-2018-yillarda Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Forde va Buxarestda bronza, Splitda esa kumush medalni qo‘lga kirigan. 2016-yilgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan, besh karra Avstriya chempioni bo‘lgan. 2015-yilda Xyustonda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida va 2021-yilda Ochiq chempionatda oʻyinni tugata olmadi.
Sport natijalari
Manbalar
uz.wikipedia.org