Sargasso dengizi




Sargasso dengizi - Atlantika okeanining shim. qismidagi dengiz. Kanar, Shimoliy Passat va Golfstrim oqimlari bilan chegaralangan. 23—35° sh.k. va 30— 68° gʻ.u. lar oraligʻida. Maydoni 6—7 mln. km². Eng chuqur joyi 7110 m. Sargasso dengizida shamol va suv oqimlari kuchsiz, doimiy emas. Dengizda Bermuda o.lari joylashgan. Suvining temperaturasi qishda 18—23°, yezda 26— 28°. Shoʻrligi 36—37%o. Hayvonot dunyosiga boy. Dengiz suvining yuza qatlami va unga yaqin qismlarida suzib yuruvchi sargasso suvoʻtlar nihoyatda koʻpligidan dengizga shunday nom berilgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz