Sardor Toirov




Sardor Tairov (1996-yil 30-may Fargʻona, Oʻzbekiston) — oʻzbek estrada xonandasi.

Biografiyasi



Sardor Tairov 1996 -yil 30-mayda Fargʻona shahrida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, 2012—2015-yillarda Fargʻona viloyati san’at va madaniyat kollejida tahsil oldi. 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston konservatoriyasining oʻzbek estrada xonandaligi fakultetini tamomlagan. Oilali(2022-yil).

Faoliyati



Tairov 7-yoshidan boshlab qoʻshiq kuylaydi. U ilk bor Tavakkal Qodirovning “O'xshaydiku” qoʻshigʻini ijro etdi. 8-yoshida xonanda Otabek Muhammadzohidning shogirdi boʻldi. 2015-yilda “Yosh tomoshabinlar” festivalida ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2017-yil Tairov uchun juda muvaffaqiyatli yil boʻldi. Konsertda xonanda Baxrom Nazarovning jonli ijrosi barchaga manzur boʻldi. 2018-yilda Tairov Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi madhiyasini ijro etgan. 2018-yil oxirida "Baxtingni top" qo'shig'i bilan mashhur bo'ldi. 2019-yilda “Sevmasam” qoʻshigʻi muhlislar tommonidan zo'r kutib olinib ommalashgan. 2019-yilgi “Oltin kabutar” mukofotida Tairovning “Agar menga yoqmasa” klipi “Yilning eng yaxshi klipi” nominatsiyasida g'oliblikni qo'lga kiritdi. 2019-yilda “Honim Afandi” qoʻshigʻi Tairovga unchalik omad keltirmadi. 2020-yilda Tairovning “Xasrad” qoʻshigʻi yoshlar orasida mashhur boʻldi. 2021-yilda uning “Majbur” taronasi katta shuhrat keltirdi va oʻsha yili uning “Majur” qoʻshigʻi yilning eng mashhur qoʻshigʻi deb topildi.

Mukofotlari




Manba




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz