Sardor Rustamboyev




Sardor Mirzayusupovich Rustamboyev (10-avgust, 1979-yil, Toshkent) — oʻzbek diplomati. 2018-yildan O‘zbekiston Respublikasining Fransiya va Portugaliyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

Biografiya



1979-yil 10-avgustda Toshkentda tugʻilgan.

Maʼlumoti



2000-yilda Buyuk Britaniya Birmingem universitetida Siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar boʻyicha bakalavr darajasini olgan, 2003-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti magistraturasini tugatgan.

2008-yilda Buyuk Britaniya London universiteti Sharq va Afrikashunoslik maktabi magistraturasini tugatgan.

2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida siyosiy fanlar nomzodi darajasini olgan.

Mehnat faoliyati



2000-2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida 3-kotib, referent, attashe.

2006-2009 — O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi 2-kotibi.

2010-2014 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 1-kotibi.

2014—2017 — Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyati katta eksperti.

2017-2018 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ShHT va MDH departamenti Xalqaro siyosat va xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i.

2018-yil 29-iyundan — O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi. 3-sentabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Macronga ishonch yorligʻini topshirdi.

2020-yildan — O‘zbekiston Respublikasining Portugaliya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi. 20-iyul kuni prezident Marcelo Rebelo de Sousaga ishonch yorligʻini topshirdi.

Ingliz, rus va fransuz tillarini biladi.

Uch nafar farzandi bor.

Oilasi



Otasi Mirzayusuf Rustamboyev — huquqshunos, yuridik fanlar doktori, professor. 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi, polkovnik.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz