Sardor Qobuljonov




Sardor Qobuljonov (1987-yil 2-fevralda tugʻilgan; Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi. „Nurafshon-Buxoro“ klubi darvozaboni.

Futbolchilik faoliyati



Sardor Qobuljonov Bekobodning „Metallurg“ klubi futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2007-yilda ushbu klubda professional faoliyatini boshlagan. 2011-yilda Buxoroga koʻchib oʻtdi. Qobuljonov „Buxoro“ tarkibida 3 mavsum toʻp surgan va shu vaqt ichida 44 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2014-yil boshida Sardor Qobuljonov Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma tuzib, birinchi davrada bor-yoʻgʻi 1 ta oʻyinda maydonga tushdi va ikkinchi davrada „Neftchi“ning sobiq asosiy darvozaboni Hislat Chilmatov oʻrniga asosiy darvozabonga aylandi. 2015-yilda Buxoroga qaytib keldi. 2019-yilgi mavsumda „Surxon“ jamoasi safiga oʻtdi.

Qobuljonov 2012-2013 yillarda Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgan, ammo maydonga tushmagan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz