Sardor Mirzaev




Sardor Mirzayev (1991-yil 21-martda tugʻilgan) — oʻzbek professional assostatsiyasi futbolchisi, Oʻzbekiston Superligasi vakili Olmaliqning „OKMK“ jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U Fargʻona viloyatida oddiy oilada tugʻilgan.

Faoliyati



Mirzayev yosh iqtidorli futbolchi sifatida tanilgan. U Toshkentning Lokomotiv futbol klubiga oʻtguniga qadar "Neftchi" klubida 4 yil oʻynadi va shu vaqt ichida Neftchi klubiga yana bir mavsumga ijaraga berildi. Toshkentning Lokomotiv klubiga qaytgach, u Osiyo Chempionlar ligasi doirasida Saudiya Arabistonining Al-Hilol futbol klubiga safarda 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvda oʻzining ilk golini kiritdi.

2020-yilning 11-dekabrida Mirzayev 2020-yilgi mavsumda Tailand chempionatining „Muangthong United“ klubiga oʻtishi tasdiqlandi. 2023-yilda Tailand jamoasi bilan shartnomasi yakunlangacha Oʻzbekiston Superligasi vakili Olmaliqning „OKMK“ klubi bilan shartnoam imzoladi.

Xalqaro faoliyati



Sardor Mirzayev Oʻzbekiston sharafini yoshlar doirasida U-20, U-21 va U-23 milliy terma jamoasida ham himoya qilgan. U 2009-yilda Misrda boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Oʻzbekiston U-20 terma jamoasida oʻynash uchun tanlangan futbolchilardan biri edi. Oʻzbekiston oʻsha chimpionatda toʻplar nisbati boʻyicha Angliyadan yuqorida natijasini yakunlandi.

U 2013-yilgi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun U-23 oʻrtasida ham saralangan tarkibda boʻlib ishtirok etdi, unda Oʻzbekiston guruhda 3-oʻrinni egallagan va pley-off bosqichiga chiqa olmagan. Sardor Mirzayev 2015-yilning 29-mart kuni Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoa safida ilk marta chaqirilganida, milliy terma jamoadagi rasmiy debyutini oʻtkazdi.

Yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz