Sardor Milano




Sardor Milano (asl ismi — Sardor Ishmuhamedov  ; 1991-yil 14-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek qoʻshiqchisi. 2010-yildan beri Moskvada yashaydi. 2015-yili „Glavnaya sena“ musiqiy isteʼdodlar shousi gʻolibi va 2016-yilda Rossiyaning Birinchi kanal i "Golos " dasturi finalisti. Uch yarim oktava diapazon ovoz egasi.

Biografiyasi



Sardor Milano 1991-yil 14-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Qo‘shiqchining haqiqiy familiyasi Ishmuhamedov. Ota-onasining musiqaga aloqasi yoʻq edi: bobosi, Elyor Ishmuhamedov oʻzbek kinorejissori, otasi universitetda rus tili oʻqituvchi.

Uning musiqiy isteʼdodi erta yoshda namoyon boʻlgan. Sardor 6 yoshidan vokal darslaridan saboq olib, „Aladdin“ bolalar shou guruhida sahnaga chiqa boshlagan. Yosh xonandaga oʻn yoshida „Orzular oroli“ musiqiy spektaklida bosh rolni ijro etish topshirilgan. Sardor Toshkentda oʻtkazilgan „Umid yulduzlari“ musiqa festivalining toʻrt karra laureati. 2004-yilda 12- yoshida „BOZTORG‘AY“ (Olma-Ota) xalqaro tanlovida qatnashib, eng yuqori Gran-prini qo‘lga kiritdi. O‘sha yili „Yangi avlod“ tanlovi laureati bo‘ldi. 12-yoshida ota-onasi bilan Olmaotaga koʻchib oʻtgan Sardor Qozogʻistonning taniqli musiqachilari (Roza Rymbaeva, Bibigul Tulegenova) bilan birga Qozogʻistonda sahnaga chiqdi. 15 yoshida u oʻsmirlik yoshi tufayli ijodda bir muddat tanaffus qiladi. Ikki yillik tanaffusdan soʻng yana qoʻshiq aytishni oʻrganishga toʻgʻri keldi. Bu erda u teatr kollejini pianino yoʻnalishi boʻyicha tugatadi. Shundan so‘ng, oilasi Toshkentga qaytib keladi. Maktabni tugatganligi toʻgʻrisidagi attestatni qoʻlga kiritgan Sardor 2010-yilda Moskvaga joʻnab ketadi. U Gnessin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasiga oʻqishga kiradi. 2015-yilda Gnessin akademiyasini pop-jazz vokal yoʻnalishini imtiyozli diplom bilan tamomlaydi.

Professional faoliyati



Uning musiqaga boʻlgan mehri va qiziqishi buvisi (Milovanova) bilan bogʻliq, u nabirasiga Alla Pugacheva, Svyatoslav Belza va Elena Obraztsova, Maykl Jekson va Jorj Mayklning asarlarini mehr bilan oʻrgatdi. 2004-yilda Sardor Milano „Zvyozdniy Krim“ tanlovida Gran-prini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bir yildan so‘ng Sankt-Peterburgdagi „Siyanie zvezd“ festivalining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Maktab davrida (2007) musiqachi oʻzining „ All I want“ deb nomlangan ingliz tilidagi birinchi yakkaxon albomini chiqardi. 2011-yilda „Stop“ qoʻshigʻining debyut videosi chiqdi. 2012-yilda „Evrovidenie“ tanlovining saralash bosqichi uchun maxsus yozilgan „Believe“ qoʻshigʻi uchun video rolik chiqarildi va bu kompozitsiya bilan Sardor Milano saralashning soʻnggi bosqichiga chiqdi. Sardor Ishmuhamedov „Vitebsk-2013“ (Belarus) estrada qo‘shiqlari ijrochilarining xalqaro tanlovining diplom sovrindori bo‘lib, birinchi kuni milliy qo‘shiq „Xay yor-yor“ bilan, ikkinchi kuni esa mashhur xonanda Muslim Magomayevning „Verni mne muziku“ qoʻshigʻi .

2015-yil boshida Rossiyaning yosh musiqachilar uchun „Glavnaya sena“ isteʼdodlar shousi eʼlon qilinganda, u Konstantin Meladze boshchiligida bosh sovrinni qoʻlga kiritib — mamlakat boʻylab gastrol safarini uyushtiradi. 2015-yilda xonanda AQShning NBC telekanaliga intervyu berdi va Toshkentda Sabina Mustayeva bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida „Infolib — 2015“ IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuvda ishtirok etdi. 2016-yil yanvar Sardor Milano Toshkentdagi „Istiqlol“ sanʼat saroyi sahnasida Xans Kristian Andersenning „Qor malikasi“ ertagi da yangi yil myuziklida ishtirok etdi.

2016-yilda Sardor Milano Birinchi kanaldagi mashhur " Golos " teleko‘rsatuvida kastingdan oʻtgan. 2016-yil 30-sentyabr kuni Birinchi kanalda „Golos“ shousining beshinchi mavsumining „slepix proslushivaniy“ sonida Sardor Motsartning „ Figaroning turmushi“ operasidan Cherubino ariyasini ijro etdi va loyihaning finalchisi boʻldi. Finalda Polina Gagarina bilan duetda Konstantin Meladzening „Navek“ kompozitsiyasini kuyladi. Sardor Milano, Qayrat Primberdiev va GOLOS loyihasining boshqa finalchilari va ishtirokchilari beshinchi mavsum g‘olibi Daria Antonyuk bilan birgalikda Rossiyaning 30 ta shahridagi Birinchi rasmiy Butunrossiya konsert gastrollarining ishtirokchisi bo‘lishdi. Shuningdek, Sardor Sochida boʻlib oʻtgan „Novay volna-2017“ musiqiy tanlovining uchta laureatidan biriga aylandi. Hozirda Sardor ijod bilan mashgʻul. Uning har bir kuni soatma soat rejalashtirilgan: safarlar, konsertlar, intervyular, yangi qoʻshiqlar yozish va kliplar taqdimoti bilan band. Sardor Milano neoklassik usulda kuylaydi. Rossiyaliklar uchun bu yangi yoʻnalish, shu tamoil asosida u oʻz yoʻlini boshlab muxlis mehrini qozonish niyatida.

Shahsiy hayoti



Sardor Milano boʻydoq . U 30 yoshga toʻgandan keyin oila qurish haqida oʻylamoqchi. Sevimli dam olish joylari — Moskvadagi „Oktyabr“ kinoteatri, Chistye Prudi va Kamergerskiy koʻchasi. U Toshkentda stressdan qutulishni afzal koʻradi. Biroq Sardor hozirda AQSHda (Florida) boʻlib, u yerda Seminole State kollejida ingliz tilidagi bilimini takomillashtirmoqda va kelajakda konsert dasturini ingliz tilida berishga tayyorlamoqda .

Diskografiya



Studiya albomi

Tanlovlarda ishtiroki




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz