Sardoba koʻli




Sardoba (eskirgan nomi: Sardoba-koʻli) – Amudaryoning oʻng qirgʻogʻidagi koʻl. Turkmaniston bilan chegaraga yaqin Xorazm viloyatining janubi-sharqiy qismida, Hazorasp tumani hududida joylashgan .

Koʻlning maydoni 1,36 km²

Sardoba koʻli dengiz sathidan taxminan 126,2 m balandlikda Qizilshoʻr botqogʻidan janubi-gʻarbda, Amudaryo va A380 avtomobil yoʻli oʻrtasida joylashgan boʻlib, Yevropaning E40 va Osiyoning AH63 yoʻnalishlariga kiradi.

U Amudaryo bilan uzunligi 10 km dan kam boʻlgan nomsiz kanal orqali tutashadi.

1873-yil bahorida Xiva yurishi paytida Toshkentdan Jizzax orqali Xivaga koʻchgan Turkiston otryadi Sardoba koʻli atrofida turkmanlar bilan jang qilgan.

Koʻldan baliqchilik, suv transporti, suv taʼminoti, sugʻorishda, har xil mineral tuzlar, shifobaxsh balchiqlar olish maqsadida foydalaniladi. Gidrologik koʻrsatkichlar, suvning fizik va kimyoviy xususiyatlari, oʻz navbatida, hayot faoliyati Koʻl tabiiy kompleksiga muhim taʼsir kursatuvchi suv hayvonlari va oʻsimlik organizmlarining rivojlanish sharoitlarini belgilaydi. Shunday holatda ushbu koʻl oʻz joylashish xususiyatlarini aks ettiruvchi murakkab ekologik sistema sifatida namoyon boʻlgan. Sirdaryo va Amudaryoda, Xorazm vohasi va Amudaryo deltasida joylashgan koʻlladran Sardoba koʻli kichik va suv mavjudotlarining koʻpligi bilan ajralib turadi. Tasniflanishiga koʻra, Oʻzbekiston hududida 2 tipdagi Koʻl joylashgan: 1) togʻ koʻli, 2) tekislik koʻli. Koʻllarning togʻli hududlarda koʻproq joylashishi iqlimiy va morfologik-gidrografik xususiyatlarga bogʻliq, chunki togʻlar daryolar oqib tushishini shakllantiruvchi namlik akkumulyatorlari sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, ularda qulay geomorfologik va geotektonik sharoitlar ham mavjud.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz