Sarbon Ernazarov




Sarbon Ernazarov (1992-yil 6-oktabrda tugʻilgan) — oʻzbek sambochisi, 2009 va 2010-yillarda yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatlarining bronza medali sovrindori, Osiyo chempionati kumush medali sovrindori, jahon kubogi gʻolibi va sovrindori, jahon chempionatlarining bronza medali sovrindori, xalqaro musobaqalar gʻolibi va sovrindori. Birinchi (68 kg gacha) va ikkinchi (74 kg gacha) yarim oʻrta vazn toifalarida ishtirok etgan. Moskvada oʻqib yurgan chogʻida „Sambo-70“ klubida shugʻullangan. Bu davrda uning murabbiylari Dmitriy Jilyayev, Mixail Korobeynikov, Drokov edi. 2021-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida u final jangida rossiyalik Nikita Kletskovni tishlab olgan va diskvalifikatsiya qilingan edi.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz