Saraxsiy




SARAXSIY, Abul Abbos Muhammad ibn Abdurrahmon ad-Dog‘uliy as-Saraxsiy tugʻilgan yili aniq emas tahminan 975-999-yillarda tugʻilgan — shofi’iylikdagi mashhur muhaddis, imom va faqih. Saraxsda tug‘ilgan.
Buxoro va Nishopurda hadislardan taʼlim olgan, Saraxsda vaʼzlar o‘qigan. Sam’oniyning
maʼlumotiga ko‘ra birinchi bo‘lib shofi’iylikni Saraxsda targ‘ib etgan. Iroqda bo‘lgan.
Movarounnahr va Xurosonda uning 8 ta shogirdi, Iroq va Marvda 3 ta ustozi borligi qayd
etilgan. „Al-Mu’jam“ hadislar to‘plami muallifi.

Adabiyotlar



ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
© „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“
Davlat ilmiy nashriyoti, 2004

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz