Saratov




Saratov (ruscha: Саратов, tatarcha: Сарытау) - RFdagi shahar (1780-yildan), Saratov viloyati markazi. Volga (idel) daryosining oʻng sohilidagi yirik dare porti (Volgograd suv ombori). Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 886,1 ming kishi (1998). S. 1590-yilda qalʼa sifatida barpo qilingan. 1670— 71 yillardagi dehqonlar urushi davrida saratovliklar shaharni ST. Razinta topshirib unga faol yordam berdilar, 1774-yilda S.ni Ye. I. Pugachyov qoʻshinlari bosib oldi. 1780-yildan Saratov noibligining, 1797-yildan Saratov gubernyasi, 1928-yildan Quyi Volga, 1934— 36 yillarda Saratov oʻlkasi markazi. Hozirgi S. — Rossiya Federatsiyasining yirik sanoat markazi. Mashinasozlik (stanoksozlik, dizel, energetika mashinasozligi, elektr termik jihozlar, podshipnik va boshqa zavodlar), neftni qayta ishlash, kimyo, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari, texnik shisha zavodlari bor. 10 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), sirk, filarmoniya, 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), oʻlkashunoslik, A. N. Radishchev badiiy muzeylari, yozuvchilar N. T. Chernishevskiy (S.da tugilgan va vafot etgan), K.A. Fedin muzeylari mavjud.

Meʼmoriy yodgorliklardan Troitsa sobori (17-asr) va turar joy binolari (19-asr 1-yarmi) saqlangan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz