Sarasadat Khademalsharieh




Sarasadat Khademalsharieh (forscha: سارا سادات خادم‌الشریعه;) (1997-yil 10-martda tugʻilgan) — eronlik shaxmatchi, xalqaro shaxmat ustasi (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega.

Yoshligi



Sarasadat Khademalsharieh 1997-yil 10-martda Tehronda tugʻilgan. U yoshligida tennis va basketbol kabi turli sport turlarini yaxshi koʻrardi. Sakkiz yoshida sinfdoshlaridan biri shaxmat bilan tanishgach, ota-onasi uni shaxmat sinfiga qoʻyishdi. Ota-onasi shaxmat oʻynamasada, u oʻz faoliyatini qoʻllab-quvvatlaganliklarini aytgan. Shuningdek, u doʻstlaridan birini eronlik xalqaro shaxmat ustasi va murabbiy Khosro Kharandi bilan tanishganini faoliyatida muhim qadam sifatida baholaydi. Keyinchalik oʻsmirlik davrida unga gollandiyalik grossmeyster (GM) Robin van Kampen murabbiylik qildi.

Faoliyati



Tehronda tugʻilgan Khademalsharieh dastlab, 2008-yilda 12 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Keyinchalik, 2009-yilda 12 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionati, 2012-yilda 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida blits-shamxat boʻyicha Osiyo chempionati va 16 yoshgacha jahon chempionatida gʻolib chiqqadi. U 2013-yilda qizlar oʻrtasida blits-shaxmat chempionati va 2014-yilda oʻsmir qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Khademalsharieh 2012-yil, 2014-yil va 2016-yillardagi ayollar shaxmat olimpiadalarida Eron terma jamoasi safida oʻynagan.

U 2016-yil yanvar oyida oʻtkazilgan, „2015-yilgi Eron ayollar chempionati“da gʻolib chiqdi.

Khademalsharieh Tehronda Atousa Pourkashiyanga qarshi saralash oʻyinida gʻalaba qozonganidan soʻng, 2015\2016-yilgi FIDE ayollar Gran-prisiga mezbon shahar nomzodi sifatida yoʻllanma oldi. Oʻz shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqichida, shaxmat boʻyicha eng past baholi oʻyinchi boʻlsa-da, u ikkinchi oʻrinni egalladi va oʻzining birinchi grossmeyster normasiga erishdi.

U 2017-yilgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida qatnashgan, biroq, birinchi bosqichda Sopiko Guramishvili bilan oʻyinda magʻlubyatga uchragan. 2018-yil Sankt-Peterburg rapid va blits-shaxmat turniri boʻyicha „Jahon chempionati-2018“da rapid yoʻnalishida 2-oʻrinni oldi.

Shaxsiy hayoti



2017-yil sentabrida Khademalsharieh eronlik internet-shou boshlovchisi va kinorejissyor Ardesher Ahmadiyga turmushga chiqdi. 2020-yilning yanvarida u terma jamoadan ketishini eʼlon qildi. Biroq, u may oyida jamoaga qaytdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz