Sarapayon
Sarapayon – Oʻzbekistonning Xorazm viloyati Xonqa tumanida joylashgan qishloq. Maydoni 4,2 kavadrat kilometr. Aholisi 21 070 kishi (2012). Qishoqdan Urganch-Buxoro-Toshkent avtomagistrali oʻtgan.
Etimologiyasi
Sarapayon soʻzi ikki til yaʼni forsiy va turkiy atamalarning qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Bir qator olimlar bu soʻzni „sar“, „ob“ va „yon“ soz’laridan yaʼni
sar – bosh,
ob – suv va
yon – makon kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Yana bir qator olimlar esa soʻzning oʻzagida ikkita soʻz mavjud yaʼni „sara“ va „poyon“ degan qarashga ega. Bunda
sara – yaxshi va
poyon – chegara maʼnosini anglatadi. Ushbu soʻzlarning tub maʼnosida qishloq hududi yerlari unumdorligi nazarda tutilgan. Chunki qishloqqa yaqin va tutash hududlrdan Shovot, Qulobod, Xonqaarna kabi yirik kanallar oqib oʻtgan.
Aholisi
2012-yil maʼlumotlariga koʻra qishloqda 21 070 kishi istiqomat qilgan. Shundan 21 018 kishi oʻzbek, 13 kishi qoraqalpoqlar boʻlib, yana tatar, ukrain va belarus millatiga mansub aholi ham yashab kelmoqda.
Maʼmuriy tuzilishi
Sarapayon 4 ta mahalladan tashkil topgan. Ular Istiqlol, Paxtagul, Qoramozi va Guliston mahallari. Oʻz navbatida ushbu mahallalar ham bir qator elatlarga boʻlingan.
Xoʻjaligi
Qishloq hududi yerlarining katta qismi sugʻoriladigan yerlarda iborat. Bu yerda bogʻdorchilik, dehqonchilik, poliz ekinlari yetishtirish asosiy sohalardir. Sarapayondan yirik avtomagistral oʻtganligi sababli savdo sohasi ham yaxshi rivojlangan.
Injtimoi soha obyektlari
Qishloqda 2 ta kollej, 5 umumiy oʻrta taʼlim maktabi, 7 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 3 ta qishloq vrachlik punkti va koʻplab savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari mavjud.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org