Sarandoz





Sarandoz , toʻr—toʻy yopinchigʻi; toʻyda, salomda kelinning boshiga yopiladigan toʻr; nafis oq matodan tikiladi. Zarafshon vodiysidagi shahar va qishloqlarda keng tarqalgan. Dastlab bezaksiz boʻlgan, keyinchalik S. atrofi gir aylantirib hoshiya naqshli kashtalar tikib, chetiga uqalar tutib bezatila boshlagan: naqsh mujassamoti yorqin rangli gullar uygʻunlashgan sershox novdalardan iborat; gullarida kashtadoʻzlikdagi anʼanaviy (choyshab, soʻzana) buyumlar bezagining taʼsiri seziladi. 20-asr oʻrtalaridan Samarqand—Buxoro va boshqa mintaqalarda atrofiga pishiq matodan tikib kashtasi qoʻlda hamda mashinada tikib ingichka va keng jiyaklar bilan bezatilgan S. keng tarkalgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz