Saraitda
#Saraitda (koreyscha: #살아있다; tarjimasi — „Tirik“) 2020-yilda ekranlarga chiqarilgan zombilar haqidagi dahshatli film boʻlib, Cho Il-hyung tomonidan tasvirga olingan. U Matt Naylor ssenariysi asosida suratga olingan Alone (2019) filmiga asoslangan. Film zombi apokalipsisi paytida Seuldagi kvartirasida yolgʻiz qolishga majbur boʻlgan videooʻyinchining (Yo Ah In) omon qolish uchun kurashi atrofida aylanadi. Uning premyerasi 2020-yil 24-iyun kuni Janubiy Koreyada, 2020-yil 8-sentabrda esa Netflixda butun dunyo boʻylab namoyish etildi. Film odatda tanqidchilardan ijobiy baho oldi.
Mazmuni
Yosh yigit Oh Jun-vu odatdagidek yana bir kunni videooʻyin oʻynash bilan oʻtkazmoqchi edi, lekin birdan Seulda zombi virusi infeksiyasi avj oladi. Epidemiya kuchayib borayotgan va kichik turar-joy majmuasidagi qoʻshnilar vahima ichida shoshilib, infeksiyani tarqatayotgan bir paytda, yigit oʻz kvartirasida toʻsiq qoʻyishga muvaffaq boʻladi. Bir muncha vaqt oʻtgach, Jon Vu roʻparadagi uyda xuddi oʻzi kabi bir qiz yashiringanini payqadi.
Ular koʻplab qiyinchiliklarni yengib oʻtgandan keyin vertolyot yordamida xavfsiz joyga olib ketiladi.
Rollarda
Ishlab chiqarish
Yaratilishi
„#Saraitda“ — Hollywood ssenariychisi Matt Naylorning The One filmining asl ssenariysi asosidagi zombi trilleri. Rejissor Cho Il-hyung va Neylor ssenariyni Koreya bozoriga moslashtirish ustida birga ishlagan. 2019-yilda ZIP Cinema va AQSHda joylashgan Perspective Pictures ishlab chiqarishga qoʻshildi, Lotte Entertainment esa ommaga tarqatish ishlari bilan shugʻullandi.
Kasting
2019-yil 11-iyulda Yo A In va Park Shin Xe, 16-sentabrda esa Li Hyun-vuk aktyorlar tarkibiga qoʻshildi. Ssenariy bilan tanishish 27-sentabr kuni boʻlib oʻtdi.
Suratga olish
Asosiy suratga olish ishlari 2019-yil 1-oktabrda boshlangan va Gunsan shahrida boʻlib oʻtgan. Tugallangan vaqti — oʻsha yilning 12-dekabr sanasi.
Musiqasi
Toʻliq musiqiy yozuv Kim Tae-Sung tomonidan yozilgan boʻlib, u Choi Jong-in, Shin Xyun-pil, Park Sang-woo va Yoo Chae-young bilan birga aranjirovka qilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org