Sarah Vaillancourt
Sarah Marie Vaillancourt (talaffuzi: Sara Vayyankur; 1985-yil 8-mayda tugʻilgan) — kanadalik xokkeychi. Kanada ayollar terma jamoasi va Monreal Stars (CWHL) aʼzosi.
Sarah 2 karra Olimpiya oltin medali sohibi, Jahon chempionatida oltin, 4 karra Jahon chempionati kumush, Klarkson kubogi chempioni (2010—2011). 2003-yildan 2009-yilgacha Vaillancourt Kanada jamoasi tarkibida 88 ta xalqaro oʻyin oʻtkazdi va 36 ta gol urib, 39 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2006 va 2010-yillarda Kanada safida ikkita Olimpiya oltin medalini qoʻlga kiritdi. Harvard universitetida oʻynaganida Ivy ligasi va ECAC yilning eng yaxshi xokkeychisi deb topildi. Sara Harvardda gol urish boʻyicha yetakchilik qildi va 2007—2008-yillarda NCAA reytingida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. 2008-yilda u Patty Kazmaier mukofotini qoʻlga kiritdi.
Vaillancourt ikki yarim yoshida konkida uchishni va besh yoshida xokkey oʻynashni boshlagan.
Faoliyati
Vaillancourt 2007-yilgi Air Canada Cup musobaqasida Kanadaning 22 yoshgacha boʻlgan jamoasi sardori boʻlgan. 2003-yilda u kumush medalni qoʻlga kiritganida Kanada qishki oʻyinlarida Kvebek jamoasining sardori boʻlgan. Jamoadoshlaridan biri boʻlajak Olimpiyachi Catherine Ward edi.
Harvard Crimson
Sarah Harvard Crimson ayollar xokkey dasturining yulduzi boʻlgan va 2008-yilda Patty Kazmaier mukofotiga sazovor boʻlgan.
Kanada xokkeyi
2005-yilda Kanada milliy ayollar xokkey jamoasi aʼzosi sifatida Shvetsiyada boʻlib oʻtgan Xokkey boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.
Monreal Stars
2010—2011-yilgi mavsumida Vaillancourt mavsumning oʻrtasida Monreal Stars safiga qoʻshildi va bir zumda muxlislarning sevimli xokkeychisiga aylandi. Atigi 15 oʻyinda ajoyib 28 ochko (11 gol va 17 golli uzatma) bilan liganing eng yaxshi 10 toʻpurari qatoriga kirishga muvaffaq boʻldi. 2011-yilgi Clarkson kubogining chempionlik oʻyinida Veillancourt uchinchi boʻlimda gol urdi. 2011-yilda Clarcson kubogini qoʻlga kiritib, Vaillancourt Triple Gold Clubning norasmiy aʼzosiga aylandi (ayollarning muvaffaqiyati hali IIHF tomonidan rasman tan olinmagan). Clarcson kubogida oltin medalni qoʻlga kiritgan toʻrt nafar ayoldan biri boʻldi. Boshqa ayollar orasida Caroline Ouellette, Jenny Schmidgall-Potter va Kim St-Pierre bor. Chap sondagi jarrohlik uni 2011—2012-yilgi mavsumda oʻynashligiga toʻsqinlik qildi.
Faoliyat statistikasi
Xokkey Kanada
PIM=qoidabuzarlik
Mukofot va unvonlari
Manbalar
uz.wikipedia.org