Sarah Long




Sarah Long (1987-yil 27-aprelda Yangi Zelandiyaning Te Haroto shahrida tugʻilgan) — yangi zelandiyalik professional bokschi va kikbokschi. U hozirgi NZPBA Yangi Zelandiyada milliy ogʻir vazn toifasi chempioni. U Butunjahon boks kengashida 10-oʻrinni va BoxRecda 4-oʻrinni egallagan vaqtida oʻz karyerasining choʻqqisiga chiqqan.

Professional boksdagi faoliyati



Sarah Long professional boksdagi debyutini 2016-yil 18-iyun kuni Yangi Zelandiyaning uch karra havaskor milliy chempioni Nailini Heluga qarshi oʻtkazdi. Bu Yangi Zelandiyada ayollar boksidagi oʻzgarishlarning boshlanishi edi, chunki bu 10 yil ichida ayollar oʻrtasidagi toʻrtinchi ogʻir vazndagi boks jangi edi. Bu jangdan soʻng ayollar oʻrtasida ogʻir vazn toifasida boks boʻyicha janglar tez-tez uyushtiriladigan boʻldi. Sarah Long jangda bir ovozlik qaror bilan magʻlub boʻldi. Bir necha oy oʻtgach, Long 2016-yil 24-sentabrda Yangi Zelandiyaning yana bir sobiq havaskor milliy chempioni Cheyenne Whaanga bilan uchrashdi. Bu Cheyenne Whaanga faoliyatidagi yagona jang edi. Uzoq vaqt davom etgan jangda Sarah Long yana bir ovozdan magʻlub boʻldi. Ushbu jangdan bir necha hafta oʻtgach, u 2016-yil 8-oktabrda murabbiyi Terry Tuteru koʻrsatgan shouda Hamilton bokschisi Tosh Pakayga qarshi chiqdi. Long bu safargi jangda oʻzining oldingi janglaridan tajribasini qoʻllab, qanchalik yaxshilanganini koʻrsatdi. Raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratdi. Long bu jangda bir ovozdan chiqarilgan qaror bilan gʻalaba qozondi.

Yangi Zelandiya chempioni



2017-yilning 10-martida Long Geovana Peresga qarshi maydonga tushdi. Bu vaqtda Geovana faqat bitta havaskor bokschi unvoniga ega edi: oʻtgan yili Shimoliy orolning Oltin qoʻlqop havaskor unvonini qoʻlga kirigandi. Jang haqiqiy shiddatli kurash tusida oʻtdi, lekin oxirida Long bir ovozlik qaror bilan gʻalaba qozondi. Bu jangdan keyin Geovana Peres nafaqat 2 karra Yangi Zelandiya chempioni, balki yengil vazn toifasida WBO yoʻnalishi boʻyicha jahon chempioni boʻldi.

Bu Longni karyerasidagi eng katta gʻalaba va professional boksdagi Geovana Peresni magʻlub etgan yagona odamga aylantirdi. 2017-yil 11-noyabrda Long Yangi Zelandiya tarixida boʻlib oʻtgan eng yirik Yangi Zelandiya ayollar chempionlik janglaridan biri uchun NZPBA Yangi Zelandiya milliy ogʻir vazn toifasi unvoni uchun Alrie Meleisea bilan jang qildi. Sarah Long hakamlar yakdil qaroriga koʻra jangda yutqazgan deya eʼlon qilindi.

Oxir-oqibat, ikkalasi oʻzlarining revansh jangini keyingi yilning iyun oyida eʼlon qilishdi, ammo Alrie Meleisea onasi jangdan bir hafta oldin vafot etgani sababli chempionlik himoyasida qatnasha olmadi. Alrie oʻz unvonini boʻshatib berdi, bu Sarah Longga boshqa boksicha qarshi unvon uchun kurashish imkoniyatini berdi. 2018-yil 13-oktabr kuni Long, egasiz boʻlgan NZPBA Yangi Zelandiya milliy ogʻir vazn toifasi chempioni unvoni uchun Hamilton bokschisi Ashly Kempbellga qarshi jangga chiqdi. Longning boksdagi mahorati 2016-yildagi debyutidan beri shunchalik yaxshilandiki, u Ashlyni ortda qoldirib, deyarli har bir raundda gʻalaba qozondi. Long yakdil qaror bilan jangda gʻalaba qozondi. Jangdan soʻng, uning oilasi uning chempionlik gʻalabasini birgalikda nishonladi.

Jahon reytingi (2019 — hozir)



2019-yil 28-sentabr kuni Long deyarli 2 yil ichida oʻzining eng katta boksdagi raqibi Alrie Meleiseaga qarshi jang oʻtkazdi. Bu ham Longning deyarli soʻnggi bir yil ichidagi birinchi jangi edi. Jang qiziqarli kechdi, ammo natija bahsli durang bilan yakunlandi. Ushbu 4 raundlik jangda bahsli boʻlishiga sabab bitta hakam barcha raundlarda Alriega ovoz bergan, bitta hakam Longga barcha raundlarda ovoz bergan, oxirgi hakam esa jangga teng 38 — 38 koʻrsatgan. Ikkala taraf ham kartochkalar toʻplanishidan unchalik mamnun emasdi, ammo bu eng adolatli natija boʻldi. 2020-yilda Long Yangi Zelandiyadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli Yangi Zelandiyada professional boks boʻyicha jang oʻtkaza olmadi. 2021-yil yanvar oyida Butunjahon boks kengashining yanvar oyidagi reytingida Long ogʻir vazndagi ayollar boks boʻyicha jahon reytingida 10-oʻrinni egallashi eʼlon qilindi.

Professional boks unvonlari




Professional boks statistikasi




Kikboksing



Kikboksing unvonlari




Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz