Sarah Gregorius (futbolchi)




Sarah Joelle Gregorius (1987-yil 6-avgustda tugʻilgan) — Yangi Zelandiya terma jamoasini sharafini xalqaro miqyosda himoya qilayotgan futbolchi. U Yaponiyaning L. Ligasidagi AS Elfen Saitama jamoasida oʻynaydi.

Xalqaro oʻyinlardagi ishtiroki



Gregorius 2006-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Yangi Zelandiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Rossiyada boʻlib oʻtgan chempionatda uchta oʻyinda maydonga tushgan. Ammo Avstraliya (0:3) va Rossiyaga (2:3)qarshi uchrashuvlarda uning jamoasi magʻlub boʻlgan. Braziliya bilan esa golsiz durangga kelishilgan.

U 2010-yil 29-sentyabrda Oceania Women's Nations Cupda Vanuatu ustidan 14:0 hisobida g‘alaba qozongan Football Ferns jamoasida debyut qilgan. U 2010-yil 1-oktabr kuni Cook Island ustidan 10:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda xet-trik qayd etgan.

U Germaniyada boʻlib oʻtgan 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida va 2015 yilda Canadada boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Yangi Zelandiyaning barcha 6 oʻyinida maydonga tushgan.

Gregorius 2019-yil 1-iyun kuni Angliya bilan boʻlib oʻtgano‘rtoqlik oʻyinida gol urib, Yangi Zelandiyaning 1:0 hisobida g‘alaba qozonishiga oʻz hissasini qoʻshgan.

U Yangi Zelandiyaning 2012-va 2016-yilgi Olimpiya terma jamoalaridagi oʻyinlarda ishtirok etgan. U shuningdek, 2019-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ham qatnashgan.

2020-yil 4-mart kuni Gregorius Yangi Zelandiya terma jamoasidagi 100-uchrashuvini Belgiyaga qarshi 2020-yilgi Algarve kubogi doirasida o‘tkazdi. Ushbu oʻyindan soʻng u xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Klubdagi karyerasi



2013-yil iyul oyida Gregorius Germaniyaning Frauen-Bundesliga klubi, SC 07 Bad Neuenahrdan FA WSL ligasi peshqadami Liverpul jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Yutuqlari



Klub



Liverpool

Individual




Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz