Sarah Drew




Sarah White Drew -amerikalik aktrisa va rejissor. U Everwood (2004—2006) oilaviy dramasida Xanna Rojers va ABC tibbiy dramasi Grey’s Anatomyda (2009-2018, 2021-2022) doktor April Kepner rollarini oʻynagan.

Yoshligi



Drew Nyu-Yorkning Stoni Bruk shahrida tugʻilib oʻsgan va u yerda Stony Bruk maktabida oʻqigan. Uning onasi doktor Janni Dryu hozir Manxettendagi qizlar uchun mustaqil xususiy maktabda biologiyadan dars beradi. Uning otasi Rev Charlz Drew, Nyu-York shahridagi Emmanuel Presviterian cherkovida ishlaydi. Uning akasi Allen Drew Germantown Friends Schooldagi kapella guruhi direktori. 2002-yilda Virjiniya universitetida drama boʻyicha bakalavr darajasini olgan.

Faoliyati



1997-yilda, oʻrta maktabda oʻqib yurganida, Drew " Daria " animatsion serialida Stacy Rowe rolini ijro etgan. 2001-yilda u Nyu-Jersi shtatidagi Prinston shahridagi Makkarter teatrida " Romeo va Julietta " spektaklida da Julietta rolini oʻynagan. U oʻzining Brodveydagi faoliyatini 2003-yilda Brikstondagi Vinsentda boshlagan. U " Wonderfalls " serialida rol oʻynagan. U 2007-yilda " American Pastime " filmida yaponiyalik serjantining qizi Keti Burrell rolini oʻynagan. 

2000-yildan 2006-yilgacha Drew Everwood dramasi serialida Xanna Rojers rolini oʻynagan. Keyinchalik u " Cold Case ", " Law & Order: Special Victims Unit ", " Medium ", " Castle ", " Glee ", " Privileged ", " Supernatural " va „ Private Practice „ seriallarida suratga tushgan. U Hallmark Hall of Fame “Front of the Class“ (2008) filmida rol oʻynagan. 2008-yildan 2009-yilgacha u AMC drama seriali " Mad Men "da Kitti Romano rolini oʻynagan. 2014-yilda u „ Moms' Night Out“ filmida rol oʻynagan. 2020-yil 30-oktabrda Drew " Freeform " (ABC Family) " Cruel Summer " serialida Sindi Tyorner (Jinettaning onasi) roli uchun tanlangan. 2021-yil sentabr oyida Drew Paula Danzigerning eng koʻp sotilgan kitoblari asosida suratga olingan Apple TV+ komediya seriali Amber Braunda rol oʻynagan.

Shaxsiy hayoti



Drew 2002-yil 17-iyunda UCLA oʻqituvchisi Piter Lanferga turmushga chiqqan. Ularning birinchi farzandlari Mixa Emmanuel 2012-yil 18-yanvarda tugʻilgan. 2014-yil 3-dekabrda qizlari Xanna Mali Roseni tugʻilgan. U nasroniy.

Filmografiyasi



Film




Televideniye




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz