Sarah Bolger




Sara Bolger (1991-yil 28-fevralda tugʻilgan) — irlandiyalik aktrisa. U „In America“ (2003), „Stormbreaker“ (2006), „The Spiderwick Chron9“ (2008), "The Moth Diaries" (2011), „The Lazarus Effect“ (2015) va „Emelie“ (2015) filmlarida suratga tushgan. „The Tudors“ serialidagi (2008-2010) Mary Tudor roli uchun u IFTA mukofotiga sazovor boʻlgan. „Once Upon Time“ (2012—2015) filmida malika Aurora rolini oʻynagan. Bolger shuningdek, Into the Badlands (2015—2017) va Mayans MC (2018-yildan hozirgi kungacha) seriallarida rollar ijro etgan.

Yoshligi va taʼlimi



Bolger Dublinda tugʻilgan. Uning otasi Derek qassob onasi Monika esa uy bekasi boʻlgan. U Rathfarnhamning janubiy chekkasida oʻsgan. Uning singlisi Emma ham aktrisa. Bolger 2003-yildan 2009-yilgacha Loreto High School Bofortda oʻqigan va Enn Kavanaghning Yoshlar teatrida saboq olgan.

Faoliyati



Bolger singlisi Emma bilan birgalikda „In America“ filmida rol ijro etgan. 2008-yildan 2010-yilgacha u „The Tudors“ filmida malika Mary Tudor rolini ijro etgan. Bolger „Stormbreaker“ filmida Aleks Pettifer bilan birga rol ijro etgan. U shuningdek, „The Spiderwick Chronicles“ bolalar filmida rol ijro etgan. Bolger „Once Upon Time“ dramasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi fasllarida malika Aurora rolini ijro etgan. 2013-yilda „As Cool as I Am“ filmida Lyusi rolini ham ijro etgan. 2014-yilda esa u Mixology teleserialida suratga tushgan. Bolger Devid Gelbning „The Lazarus Effect“ triller filmida rol ijro etgan. 2015-yilda u AMC loyihasi boʻlgan Into the Badlands va Freddie Steinmarkning „My All American“ filmida rol ijro etgan. 2016-yilda u Emelie qoʻrqinchli filmida bosh qahramon rolini ijro etgan. 2017-yilning mart oyida Deadline Hollywood nashri Bolger rejissor Abner Pastoll tomonidan suratga olinayotgan „A Good Woman Is Hard to Find“ nomli kriminal trillerda suratga tushishi haqida xabar bergan edi. Suratga olish ishlari 2017-yil dekabr oyida yakunlangan. Film 2019-yilda ekranlarga chiqarilgan.

Boshqa loyihalari



2011-yil yanvar oyida Bolger fotograf Kevin Aboschning „Irlandiya yuzi“ loyihasi uchun boshqa irlandiyalik mashhurlar Sinéad O'Connor, Neil Jordan va Pierce Brosnan bilan birga ishtirok etish uchun tanlangan.

Filmografiyasi




Televizion




Video Oʻyinlar




Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz