Sarah Andersen




Sarah Andersen  — amerikalik karikaturachi va illyustrator, Sarah's Scribbles vebkomikslar toʻplami muallifi. New York Timesning bestselleri Fangs kitobi muallifi.

Tarjimai holi



Andersen 2014-yilda Merilend instituti sanʼat kollejini (MISK) tamomlagan. MISKni tamomlagandan soʻng, qisman avtobiografik vebkomiks Sarah’s Scribbles (eski Doodle Time) chizishni boshlaydi. Sarah’s Scribbles uchun ketma-ket uch yil eng yaxshi grafik romanl va komikslar boʻyicha Goodreads Choice mukofotini qoʻlga kiritgan. 2016-yilda Adulthood is a Myth debyut kitobi, 2017-yilda Big Mushy Happy Lump kitobi va 2018-yilda Herding Cats kitobi uchun uchun Goodreads Choice mukofotiga loyiq koʻrilgan.

Andersen 2019-yil iyul oyida chiqarilgan Cheshire Crossing grafik romanida yozuvchi Andy Weir bilan hamkorlik qilgan. Ushbu hamkorlik Weirning eski hajviyasiga asoslangan boʻlib, Piter Pan hikoyasidan Wendy Darling, Oz sehrgari hikoyasidan Dorothy Gale va „Cheshire Crossing“ deb nomlangan maktab-internatdagi Alice moʻjizalar mamlakatida filmidan olingan Elis Liddell kabi qahramonlardan iboratdir.

Andersen 2019-yilning oxirida Tapas platformasida Fangs deb nomlangan gʻayritabiiy romantik vebkomiksini chop etishni boshladi. 2020-yil sentyabr oyida Fangs kitobi Andrews McMeel nashriyoti tomonidan nashr etildi. Oʻsha oyda nashriyotdagi hafta davomida eng koʻp sotilgan kitob boʻld. 2020-yil oktyabr oyida esa New York Timesning bestselleri (eng koʻp ostilgan kitob) boʻldi.

2020-yil yanvar oyida Mexiko shahridagi ommaviy sanʼat loyihasi doirasida oʻz qahramonlarining devoriy suratini chizgan. Biroq ushbu surat bir necha kun ichida oʻchirib tashlangan. 2022-yil 31-dekabrda New York Times gazetasida Stable Diffusion (Barqaror diffuziya) kabi sunʼiy grafik tizimlarning oʻsishi haqida tahliliy esse yozdi. Ushbu inshosida grafik rassomlarning chalkashlik, oʻzlashtirish, obroʻga taʼsir qilish, daromadlarni kamaytirish kabi tahdidlarni ochiqlab bergan.

2023-yil yanvar oyida Andersen Sunʼiy intelekt (AI) kompaniyalari — Stability AI, Midjourney va DeviantArt onlayn sanʼat hamjamiyatiga nisbatan qoʻzgʻalgan daʼvo arizasining mualliflaridan biri.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz