Sara Battaglia
Sara Battaglia — 1984-yil 30-aprelda tugʻilgan. Moda dizayneri va Sara Battaglia moda yorligʻi asoschisi.
Faoliyati
Brera akademiyasining sanʼat yoʻnalishini tugatgandan keyin, dizayner Milanda oʻz atelyesini ochishga qaror qilishiga qadar Milandan Florensiyaga, keyin esa Parijga koʻchib oʻtgan.
Soʻnggi yillarda Sara Battaglia „Salvatore Ferragamo“ va „Frame“ kabi xalqaro moda brendlari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, faoliyat yuritib kelmoqda.
Sara Battaglia kolleksiyalari Milan moda haftaligi davomida ommaga namoyish qilingan.
2018-yil may oyida Sara Battaglia „Altagamma“ jamgʻarmasi tomonidan Italiyada moda yoʻnalishi boʻyicha „Eng yaxshi rivojlanayotgan brend“ sifatida mukofotlangan.
2018-yil iyun oyida Battaglia „MF Fashion“ jurnalining „Keyingi 100 Italiya“ maxsus soniga kiritilgan, shu bilan bir qatorda moda panoramasiga kelajakda taʼsir koʻrsatadigan 100 kishidan biri sifatida eʼtirof etilgan.
2018-yil sentabr oyida Battaglia Bocconi universitetida modani kengaytirish biznesi haqida maʼruza qilgan.
Estetika
Koʻpincha jonli ranglardan foydalanish bilan mashhur Battaglia zamonaviy ayollarga Slim Aarons, Ettore Sottsass va Jan Prouvedan ilhomlanib, 50-va 60-yillarning qayta koʻrib chiqilgan liboslarini taklif va tavsiya qiladi.
Shaxsiy hayoti
Battaglia Milanda ijodkor oilada oʻsgan: onasi bir necha yildan beri Brera tasviriy sanʼat akademiyasida haykaltaroshlikdan dars berib kelmoqda. Uning ukalari ham sanʼat va moda biznesi bilan mashgʻul. Xususan, uning singlisi Jovanna Battaglia Engelbert ijodiy direktor, katta akasi Antonio galerist va uning ukasi Luidji — toʻplam dizayneri hisoblanishadi.
Battaglia hozirda Milanda istiqomad qiladi.
Manbbalar
uz.wikipedia.org