Sara Ali Khan
Sara Ali Khan Pataudi - hind filmlarida rol ijro etuvchi hind aktrisasi va 1995-yil 12-avgustda tugʻilgan. Pataudi oilasida tugʻilgan. U mashhur aktyorlar Amrita Singh va Saif Ali Khanning qizi. Kolumbiya universitetini tugatgandan soʻng, Khan aktyorlik faoliyatini 2018-yilgi Kedarnath va Simmba filmlari bilan boshladi. Ikkala film ham tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli boʻldi va birinchisi unga eng yaxshi ayol debyuti uchun Filmfare mukofoti berilishiga sababchi boʻldi.
Khan Forbes India jurnalining 2019-yildagi 100 nafar mashhur shaxslar roʻyxatiga kiritilgan. Muvaffaqqiyatsiz olingan ikkita filmdan soʻng u „Atrangi Re“ (2021) dramasida rol oʻynadi.
Yoshlik yillari
Sara Ali Khan 1995-yil 12-avgustda Hindistonning Maharashtra shtatining Bombey shahrida Mansur Ali Khan Pataudi va Sharmila Tagorening oʻgʻli boʻlgan Saif Ali Khan hamda, Sardor Singh Virkning va sotsialist Rukhsana Sultan qizi boʻlgan Amrita Singh oilasida tugʻilgan. U shuningdek, Iftikhar Ali Khan Pataudi va Sajida Sultonning nevarasi hamda Soha Ali Khan va Saba Ali Khanning jiyanidir. Uning Ibrohim ismli ukasi bor. Uning ikki oʻgay ukasi Taymur (2016-yilda tugʻilgan) va Jehangir (2021-yilda tugʻilgan) Saifning Karina Kapur bilan ikkinchi nikohidan boʻlgan oʻgʻillaridir. Sara Ali Khan otasi tomondan barech pushtun afgʻon, bengal hindi va assamlik musulmon, onasi tomondan esa panjoblik sikx va panjoblik musulmon. Sara musulmon hisoblanadi.
Khan toʻrt yoshga toʻlganida, u reklamada rol oʻynagan. Saifning soʻzlariga koʻra, aktrisa Aishwarya Raining Chikagodagi sahnada chiqishlarini koʻrganidan soʻng, Khan kino sohasida karyerasini boshlash uchun ilhomlangan ekan. 2004-yilda Khan toʻqqiz yoshga toʻlganda, uning ota-onasi ajrashishdi va Singhga farzandlarining qonuniy vasiyligi berildi. Saifga dastlab u yoki ukasini koʻrishga ruxsat berilmagan. Shundan keyin ular yarashishdi va Saifning soʻzlariga koʻra, qizini juda ham yaxshi koʻrganligi uchun ham oilasi bilan yarashgan. Khan oʻgay onasi Kapur bilan ham yaxshi munosabatlarga ega. U 2018-yilda „men uning professionalligini oʻzimga singdirmoqchiman“ degan edi.
Oʻsmirlik chogʻida Khan oʻzining ortiqcha vazni kamaytirishga harakat qilgan va sogʻlom boʻlish uchun har kuni qat’iy jadval asosida mashgʻulotlar oʻtkazishi kerak edi. Unga shuningdek, polikistik tuxumdon sindromi tashxisi qoʻyilgan. Bu narsa uning vazni ortishiga sabab boʻlgan. Khan Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida tarix va siyosatshunoslik boʻyicha tahsil olgan. 2016-yilda u oʻqishni erta, uch yil ichida tugatdi va qolgan bir yarim yilni sogʻligini yaxshilash mashgʻulotlariga qaratdi, shundan soʻng u Hindistonga qaytib keldi.
Faoliyati
Khanning debyuti 2018-yilda Abhishek Kapoorning Kedarnath romantik filmi bilan boʻlib oʻtdi. Unda u Sushant Singh Rajput oʻynagan musulmon obrazni sevib qolgan hind qizi rolini oʻynadi. Khan oʻz roliga tayyorgarlik koʻrish chogʻida Rajput yordamida hind tilidagi lugʻat boʻyicha bilimini oshirdi. „Kedarnat“ bilan Khanning ijrosiga turli maqtovlar bilan aralash sharhlar oldi yogʻdirildi. Mumbay Mirrorni muharriri Kunal Guha filmni 1980-yillardagi hind filmlarining takrori deb baholadi, lekin Khanning harakatini yuqori baholadi: “U gʻazablangan, umidvor, umidsiz yoki qoʻrqinchli holat boʻlsa, u koʻpincha buni faqat oʻzining koʻzlari bilan yetkazadi va bu bizga rang-barang yuzlarning koʻrinishini beradi. Daily News and Analysis xodimi Meena Iyer ham xuddi shunday tarzda uni „ajoyib“ deb atagan. Kedarnath 960 million hind rupiyasidan ortiq daromad bilan tijorat muvaffaqiyati sifatida natijaga erishdi. Khan eng yaxshi ayol debyuti nominatsiyasida Filmfare mukofoti va Yilning eng yaxshi debyuti uchun IIFA mukofotini qabul qildi.
Kedarnath filmi chiqqanidan bir necha hafta oʻtgach, Khn telugu tilidagi „Temper“ (2015) filmiga asoslangan Ranvir Singh bilan birga Rohit Shettining Simmba filmida rol oʻynadi. „Kedarnath“ filmini suratga olish vaqtincha toʻxtatilganida u bu borada ishlay boshlagan edi. Bu Abhishek Kapoorning Khanni sudga berishiga olib keldi. Ular vaqtini ikkala film oʻrtasida boʻlishiga rozi boʻlgach, ular keyinchalik sudda kelishib ketishdi. The Times of India uchun filmni koʻrib chiqayotgan Ronak Kotecha Khanning „hayratlanarli darajada goʻzal koʻrinishdan tashqari juda qimmatli ishi“ borligini va u bilan Singh oʻrtasidagi yaqinlikni tanqid qilgan. Dunyo boʻyicha 52$ daromadi bilan, „Simmba“ 2018-yilning uchinchi eng koʻp daromad keltirgan hind filmi sifatida paydo boʻldi.
Imtiaz Alining 2009-yilda suratga olingan xuddi shu nomdagi filmining davomchisi boʻlgan „Love Aaj Kal“(2020) romantik dramasida Khan Kartik Aaryanga qarama qarshi boʻlgan va oʻtmishi qiyinchilikdan iborat boʻlgan yosh ayol rolini oʻynadi. Scroll.in saytidan boʻlgan Nandini Ramnath filmga salbiy munosabat bildirar ekan, Khan murakkab obrazni oʻynash uchun “shunchaki tajribasi kam yoki tajribaga ega emas” deb tanqid qildi va “yosh yuziga kamerani toʻgʻirlab qoʻyish uning kamchiliklarini koʻpaytiradi, xolos”- deb qoʻshimcha qildi. Xuddi shu yili Khan David Dhawanning 1995-yilda suratga olingan xuddi shu nomdagi filmiga moslashtirilgan “Cooli №1” komediya filmida Varun Dhawanga qarshi rol oʻynadi. Film Amazon Prime’da koʻplab tomoshabinga ega boʻldi, biroq kinotanqidchilar uni bir ovozdan tanqid qilishdi. Khan filmga hech qanday qiymat qoʻshmagani uchun tanqid qilindi. Firstpost xodimi Anna M.M.Vettikad Khan „qahramonning sevgisi“ boʻshligʻini toʻldirishdan boshqa hech narsa qilmagan deb taʼkidladi.
2021-yilda Khan Aanand L. Rayning Akshay Kumar va Dhanush ishtirokidagi “Arangi Re” dramasida suratga tushdi. Pandemiya sababli mamlakat boʻylab karantin tufayli koʻp kechikishdan soʻng Disney+ Hotstar’da film premyerasi boʻlib oʻtdi. Film tanqidchilar tomonidan turli baholarga sazovor boʻldi. Ammo Khanning travmadan keyingi stress buzilishidan aziyat chekayotgan qahramon tasviri odatda, maqtovga sazovor boʻldi. Hindustan Times muxbiri Monika Rawal Kukreja uni filmning “ruhi” deb atadi va uning aktyorlik mahorati hamda biharicha aksentini maqtadi. Aksincha, Mint gazetasi uchun bergan intervyusida Uday Bhatia uning „bihari aksentini“ tanqid qildi.
Khan Vicky Kaushal raqobatchisi hisoblangan Laxman Utekarning hozircha nomlanmagan filmida rol oʻynaydi. U shuningdek, „Gaslight“ filmida Vikrant Massey bilan birga rol oʻynaydi.
Ommaviy axborot vositalarida
2019-yilda Khan Forbes Indianing „Mashhur 100 nafar“ deb nomlanuvchi roʻyxatida 66-oʻrinni egalladi. U Fanta, Puma va Veet kabi bir qancha brendlar va mahsulotlar uchun mashhur reklama yuzi hisoblanadi.
Filmografiyasi
Mukofotlar va nominatsiyalar
Manbalar
Havolalar
Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found
uz.wikipedia.org