Saqqo Buxoriy




Saqqo Buxoriy – XVI asrda yashab ijod etgan buxorolik shoir.

Hayoti



XVI asrda Buxoroda yashagan va meshkoblik (suv sotuvchilik) qilgan. Shu bilan birgalikda sheʼriyat bilan ham faol shugʻullangan.Asl ismi Bahrom darvesh , „Saqqo“ uning adabiy taxallusi boʻlib , uning kasbini ifodalagan. Maʼlumotlarga koʻra ,u Shoh Qosim Anvorga payrovlik qilib , umr boʻyi saqqolik–meshkoblik qilgan va faqrlikda yashagan. Ikki yilcha Hindistonda yashagan va Sarandobga safar chogʻida Gʻoʻr viloyatiga yetganda hijriy 970 – milodiy 1562 – 1563− yilda vafot etadi va qabri ham shu yerdan oʻrin olgan.Bu haqidagi ma'lumotlarni Abdiy Geleniy va Fathiy yaratgan ta'rixlarda koʻrishimiz mumkin.

Badiiy merosi



Ma'lumotlarga qaraganda, shoir devon tartib bergan boʻlib ,ular bugungi kunda Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharq qoʻlyozmalar xazinasida 2265− va 976−inventar raqamlari ostida saqlanmoqda. Adabiyotshunos M.Ahmadov ilk bor devonda jami 290 satrni tashkil etgan 15 gʻazal , 3 qitʼa,6 taʼrix va 6 ruboiyni „Gulshani adab“ majmuasining 4-jildida 1977−yilda eʼlon qildi. Olimning ma'lumotlariga qaraganda, Saqqo Buxoriyning poetik merosini salkam toʻrt ming bayt (sakkiz ming misra)dan iborat gʻazal,qitʼa,taʼrix va ruboiylar tashkil etadi.Shoir ,asosan, tojik tilida ijod qilgan. Yuqoridagi manbalarga asoslanib oʻzbek shoiri Samandar Vohidov uning jami 35 baytni tashkil etuvchi 5 ta gʻazalini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Sheʼriy namuna




Lola baromad zi bogʻ surhu safedu siyoh,

Ba tashnahoi hajri doʻst, chu Saqqo

Samandar Vohidov tarjimasi




Lola bilan toʻldi bogʻ qizilu oqu qora,

Doʻst hajri sahrosida sarson Saqqo davron–

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz