Saqlanish Qonunlari




Saqlanish qonunlari — baʼzi bir fizik kattaliklarning son qiymatlari istalgan jarayonlarda vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmay qoladigan fizik qonuniyatlar. Saqlanish qonunlaridan eng muximi massa, energiya, impuls, harakat miqdori momenti, elektr va barion zaryadlarning Saqlanish qonunlaridir. Bunday qatʼiy Saqlanish qonunlaridan tashqari, taqribiy Saqlanish qonunlari ham mavjud. Bular faqat maʼlum doiradagi jarayonlar uchungina oʻrinli, mas, juftlikning saqlanishi faqat zaif oʻzaro taʼsirlarda buzilishi mumkin.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz