Saqlangan oʻyin
Saqlangan oʻyin (shuningdek,
oʻyin saqlashi ,
oʻyinni saqlash ,
saqlash fayli ,
saqlash nuqtasi yoki oddiygina
saqlash deb ataladi) — oʻyinchining videooʻyindagi oʻsishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning raqamli saqlangan qismi.
1970-yillarning dastlabki oʻyinlaridan boshlab, oʻyin platformasining apparat taʼminoti va xotirasi yaxshilanadi, bu esa kattaroq va murakkabroq kompyuter oʻyinlarining yaratilishiga olib keldi. Shunga koʻra ularni boshidan oxirigacha oʻynash uchun koʻproq vaqt talab qilina boshlandi. Tabiiyki, bu oʻz oʻrnida oʻyinchining oʻyin ichidagi oʻsishini saqlash va oʻyinchi „oʻyin tugadi“ yozuviga duch kelganda nima qilish kerakligiga olib keldi. Syujetlarga koʻproq eʼtibor qaratiladigan zamonaviy oʻyinlar oʻyinchiga hikoyaning keyingi voqea-hodisalariga chuqur taʼsir koʻrsatadigan koʻplab tanlovlar berishga moʻljallangan. Baʼzi oʻyin ishlab chiqaruvchilari oʻyinchi oʻyindan oladigan kechinmalari „sof“ boʻlishi uchun birdan ortiq saqlashga ruxsat berishni istashmaydi.
Umumiy tushuncha va tarix
Dastlabki videooʻyinlarda oʻyinlarni saqlashning hojati yoʻq edi, chunki bu oʻyinlar odatda ishlab chiqiladigan haqiqiy syujetga ega boʻlmagan va umuman uzunligi juda qisqa edi.
Arkada videooʻyinlarining oltin davridagi klassik arkada videooʻyinlar oʻyinchining oʻyinni tugatish yoʻlidagi oʻsishini saqlash oʻrniga yuqori ochkolar, foydalanuvchi sozlamalari va boshqa xususiyatlarni saqlar edi. Oʻyinchining hisobini saqlab qoladigan birinchi oʻyin Taitoʻning 1978-yilgi shoot 'em up turdagi „Space Invaders“ nomli oʻyinidir.
Saqlangan oʻyinlar turlari
Avtomatik saqlash
Oʻyinni qoʻlda saqlash shart emas. Baʼzi videooʻyinlar oʻyin jarayoni davom etayotgan chogʻda oʻyinni avtomatik oʻlaroq saqlaydi. Masalan, belgilangan vaqt oʻtgandan soʻng yoki oʻyinning oldindan belgilangan muayyan nuqtalasiga oʻyinchi kelgan chogʻda oʻyin avtomatik saqlanadi.
Nazorat nuqtalari
„Nazorat nuqtalari“ videooʻyindagi oʻyinchi qahramoni oʻlgandan keyin qayta tiriladigan joylardir. Oʻyin qahramonlari asosan soʻnggi marta yetgan joyidagi nazorat nuqtasidan qayta tiriladi. Qayta tirilish koʻpincha oʻyin qahramonining oʻlimi sababli yuz beradi, biroq bu shuningdek oʻyinda oldinga siljish uchun kerakli maqsadga erisha olmaganligi bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin. Nazorat nuqtalari vaqtinchalik boʻladi va oʻyinchi soʻnggi hayotini yoʻqotganda, bosqichni tugatsa yoki umuman oʻyindan chiqib ketsa, nazorat nuqtasi yoʻqotiladi. Bunday holat ayniqsa platforma oʻyinlarida mavjud. Biroq, aksariyat zamonaviy oʻyinlar oʻyinni oʻsha paytning oʻzidayoq xotiraga saqlab qoladi. Bunday saqlash avtomatik saqlash deb nomlanadi.
Nazorat nuqtalari oʻyinchiga koʻrinadigan yoki koʻrinmaydigan boʻlishi mumkin. Bir tomondan koʻrinadigan nazorat nuqtalari faollashgan chogʻda oʻyinchi xavfsizlik tuygʻusini sezsa, boshqa tomondan bu holat oʻyinga shoʻngʻish tuygʻusini yoʻqotadi. Chunki nazorat nuqtalari oʻz nomi bilan „oʻyinniki“ va hatto ular qanday ishlashini tushuntirish ham kerak boʻlishi mumkin. Koʻrinmas nazorat nuqtalari esa oʻyinga shoʻngʻishni buzmaydi. Buning yomon tomini esa oʻyinchilar oʻlgandan keyin qayerda qayta tirilishlarini bilishmaydi. Odatda, agar oʻyinchi uchun oʻyinni tugasa, uning oʻyin ichidagi oʻsishi yoʻqoladi va barcha nazorat nuqtalarini yoʻqotadi.
Maʼlumotnomalar
uz.wikipedia.org