Saqil




Saqil (arab. — ogʻir, vazmin) — 1) Sharq musiqa nazariyasida past (yoʻgʻon) tovushning ifodasi (qarang Asmoʼunnagʻam); 2) qad. mashhur doira usullarining nomi (mas, Saqili avval, Saqili soniy va boshqalar); 3) Shashmaqom tarkibidagi maqomlarning mushkilot boʻlimi yakuniy qismi (mas, Buzruq maqomida S i Islimxon, S. i Sulton, Rostda Si vazmin, Si Rakrak va boshqalar). Shashmaqomdagi S.larning doira usullari juda murakkab va keng hajmli boʻlib, 2/4 oʻlchovda 24 takt davomida ijro etiladi. Shunga qaramay, S.lar jozibali va yoqimli kuylardan tashkil topib, tinglovchiga oson yetib boradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz