Sapindus




Sovundaraxt , sapindus (Sapindus) — sapindoshlar oilasiga mansub past boʻyli daraxtlar yoki butalar turkumi, doim yashil yoki barg toʻkadigan daraxtlar. 15 ga yaqin turi bor; tropik Osiyo (6 turi) va Amerikada (3 turi), Gavayi orollari va Okeaniyada tarqalgan. Mevasida 38% cha saponin moddasi bor va sovun oʻrnida ishlatiladi. Tropik va subtropik mamlakatlarda manzarali oʻsimlik va saponin olish uchun ekiladi. Kavkazning Qora dengiz sohillarida, Zakavkazye va Oʻrta Osiyoda Zturi: haqiqiy S. (S. saponaria), muku ros i S. (S. mucorossi) va sovuqqa chidamli Drummond S. i (S. drummondii) oʻstiriladi. Baʼzi turlarining mevasi yeyiladi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz