Saperavi




Saperavi — oʻrtapishar, qad. gruzin vinobop uzum navi. Qora dengiz boʻyi ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Gruziya (Kaxetiya), Ozarbayjon, Oʻzbekistan, Krim, Rossiya janubida tarqalgan. Tupi kuchli va oʻrtacha oʻsadi, bargi yirik, tuxumsimon yoki toʻgarak, 3—5 boʻlmali, orqasi tukli. Guli 2 jinsli. Uzum boshi 150 g atrofida, konussimon, gʻujumi havol, oʻrtacha zich, toʻq yashil, qora mumgʻubor bilan qoplangan. Pusti yupqa, eti suvli. Faol harorat yigʻindisi 3000° da 140—150 kunda (iyulda) yetiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Hosildorligi 90—160 s/ga. Zamburugʻli kasalliklarga chidami oʻrtacha. Sovuqqa chidamli. Uzumidan desert, oʻrtacha shirin, ovqat ustida ichiladigan hamda shampan vinolari tayyorlanadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz