Sapargul Avezova




Sapargul Avezova (1927.7.7, Xalqobod) – Qoraqalpogʻiston (1957) va Oʻzbekiston (1967) xalq artisti. 1945-yildan Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatrida aktrisa. Asosiy rollari: Komila Shokirovna („Birinchi muhabbat“), Parshagul („Suymaganga suykanma“), Xadicha („Sarvqomat dil-barim“), Erita („Gerostatning nomi oʻchsin“), Xumor („Berdaq“), Qorasoch („Shubha“), Jannat xola („Qaynona“), Tangabika („Oy tutilgan tunda“), Far-monbibi („Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Xumor ona („Ernazar Olakoʻz“) va boshqa A. ijodining qamrovi keng, maishiy dramatik, oʻtkir harakterli komediya janridagi rollarni meʼyoriga yetkazib ijro qiladi. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1980).

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz