Sapar Xushnazarov




Sapar Xushnazarov (1906, hozirgi Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahri, Ingichka shaharchasi — 1943.7.10, Chernigov viloyati, Semaki qishlogʻi) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1942 yildan armiyada. Markaziy frontning 61-armiyasi, 81-oʻqchi diviziyasi, 467-oʻqchi polkining oddiy askari. 1943 yil 2 oktabrda Gomel oblastning Goyev rayoni, Glushets qishlogʻi yaqinida Dnepr daryosini kechib oʻtishda jasorat koʻrsatgan va 7 oktabrda jarohatdan vafot etgan. 1944 yil 15 noyabrda Qahramon unvoni berilgan. Semaki qishlogʻida dafn etilgan. Kattaqoʻrgʻon shahri va Ingichka shaharchasidagi koʻchalarga nomi berilgan. Oqtosh, Kattaqoʻrgʻon shahrilarida byusti oʻrnatilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz