Saodat Gulahmedova
Saodat Gulahmedova (1937-yil, Adigen tumani, Gruziya SSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1958).
Tarjimayi holi
Saodat Gulahmedova 1937-yil Adigen tumanida tavallud topgan. Gulahmedova Boʻka tumanidagi Hamza nomli kolxozda kolxozchi (1950—1953), zveno boshligʻi (1954—1959), Oxunboboyev nomli kolxozda (1960—1962), Hamza nomli kolxozda brigade boshligʻi (1963—1964), 1965-yildan Oxunboboyev nomli kolxozda uchastka boshligʻi boʻlib ishlagan. Gulahmedova qoʻlda 35 tonna (1956), mashinada 150 tonna (1958) paxta tergan. 110 gektar yerning har gektaridan 50 sentnerdan paxta yetishtirgan (1964). KPSS 22-syezdi, Oʻzbekiston KP 16-syezdi delegati. Lenin ordeni, Butunittifoq Qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasining oltin va kumush medallari bilan taqdirlangan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org