Sanyuan




Sanyuan (xitoycha - “Uch ibtido”) - daochilik ta’limotida, Lao szi vafotidan so‘ng, bir necha marotaba insonlarga ko‘rinib turgan va o‘z ta’limotini yetkazgan, deb hisoblanadi. Rivoyatlarga ko‘ra, u o‘zining mana shunday paydo bo‘lishlarining birida, Chjan Daolinga borliq uch: syuan (xitoycha - “sir tutilgan”), yuan (“azaliy”) va shi (xitoycha- ibtido) unsurga asoslanishini aytgan. Bular asosida uch osmon xizmatchilari boshqarib turadigan osmon, suv va Yer paydo bo‘lgan. Shundan kelib chiqqan holda, yuqoridagi uchlik bilan bog‘liq quyidagi bayramlar nishonlanadi: a) “Oliy ibtido” — 1-oyning 15-kunida nishonlanadigan Osmon xudosiga bag‘ishlangan bayram. U xalq orasida “Chiroqlar bayrami” nomi bilan ham mashhur. b) “Ikkinchi ibtido” — 7-oyning 15-kunida nishonlanadigan Yer xudosiga bagishlangan bayram. v) “Uchinchi ibtido” — 10-oyning 15-kunida nishonlanadigan suv xudosiga bag‘ishlangan bayram.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz