SAN-XOSE
SAN-XOSE, Sanxoze AQShning g’arbiy qismidagi shahar, Kaliforniya shtatida. Aholisi 894,9 ming kishi (2000). Temir yo’l tuguni. Raketakosmik va radioelektronika sanoatining yirik markazi. EHM, yarim o’tkazgichli priborlar va harbiy maqsadlar uchun turli jihozlar ishlab chiqariladi. Priborsozlik, elektrotexnika, avtomobil yigish, mevakonserva sanoati korxonalari; univertsitet bor. Shaharga 1777 yilda asos solingan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz