Santo Spirito cherkovining xochga mixlanishi




Santo Spirito cherkovining xochga mixlanishi (ital. Crocifisso di Santo Spirito) — 1492-yilda Mikelanjelo tomonidan yaratilgan yogʻoch xoch. Bu xoch Florensiyadagi Santo Spirito cherkovining qurbongohi uchun oʻyib yasalgan.

Bu turdagi  yana boshqa xochga mixlangan koʻrinishdagi asarlar ham mavjud boʻlib, ularning muallifi ham Mikelanjelom Bularga misol qilib Gallinoning xochga mixlanishi va Montserratning xochga mixlanish kabi asarlarini olish mumkin

Yaratilish tarixi



Lorenzo Medichi vafotidan soʻng, ilgari Medichi saroyida yashagan Mikelanjelo uyiga qaytdi. Aynan oʻsha paytda u Santa Maria del Santo Spirito (italyancha: Santa Maria del Santo Spirito) monastiridagi kasalxonada anatomik tadqiqotlarga asos solgan edi. Vasari bu haqda shunday yozadi: „Florensiyadagi Santo Spirito cherkovi uchun u yogʻochdan xochga mix yasadi, u hozir asosiy qurbongohning yarim doirasi ustida turibdi. U oʻsha xonadan  foydalanishga ruxsat berganliklari uchun shu tarzda minnatdorchilik bildirmoqchi edi. Chunki u xonada Mikelanjelo tez-tez oʻlik jasadlarni yorib, anatomiyani oʻrgangan va shu narsa uning  rasm chizishdagi  mukammallikka erishishiga asos boʻlgan. Va keyinchalik bunga erishgan ham“. Ushbu dastlabki ish (Mikelanjelo oʻsha paytda oʻn etti yoshda edi) 1962-yilda  topilgunigaqadar yoʻqolgan deb hisoblangan. Shundan soʻng, xochga mixlanishning haqiqiyligi haqida tortishuvlar boshlandi va bu tortishuvlar  2001-yilda tadqiqotchilar bu Mikelanjeloning ishi degan xulosaga kelishganidan keyin yakuniga yetgan.

Bir muncha vaqt xochga mixlangan  Buonarroti uyida, hozir Santo Spirito cherkovida saqlanib kelinmoqda.

Tavsifi




Yuhanno Xushxabarida aytib oʻtilganidek, uning kiyimlarini odamlarga ehson qilishdi (Yuhanno 19:23 , 24).

Masih ustidagi lavhada soʻzlar yozilgan: Nosiralik Iso, Yahudiylarning Podshohi (Yuhanno 19:19).

Erik Shilianoning soʻzlariga koʻra, Isoning xozrgi koʻrinishdagi yasalgan asarlariga uning dastalbki, toshdan yasalgan asaridagi  „yumshoq, silliq chiziqlari, gotika simmetriyasi, nozik goʻzalligi va sodda nisbatlarining  hech qanday aloqasi yoʻq“.

Bu xochga mixlanish Shults K. „Tosh va ogʻriq“ biografik romanida tilga olingan".:

Adabiyotlar




Manbalar




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz