Santino Quaranta
Santino Quaranta (talaffuzi: Santino Kuaranta; 1984-yil 14-oktabrda Baltimorda (AQSh) tugʻilgan) — amerikalik futbolchi. „DC United“ futbol klubi va AQSh terma jamoasida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
Quaranta futbolchilik faoliyatini arxiyepiskop Kerli maktabi futbol jamoasida o‘ynashdan boshlagan. Oʻqishni tugatgach, u „IMG“ futbol Akademiyasi va AQSh oʻsmirlar terma jamoasida oʻynagan.
2001-yilda Santino MLSdagi „DC United“ futbol klubi tomonidan sotib olingan. Quaranta 16 yoshida klubda debyut qilgan va Ligada maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangan, keyinchalik bu rekorddan Freddy Adu oshib ketgan. Yorqin debyutiga qaramay, u „DC United“ futbol klubidagi butun davri davomida jarohatlar bilan qiynalgan. 2004-yilda Santino MLS kubogini qoʻlga kiritgan. 2005-yilda Quaranta jamoa safiga qaytgan va 18 ta oʻyinda 5 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
2006-yilning avgustida u „Los Angeles Galaxy“ futbol klubiga oʻtgan. „Houston Dynamo“ futbol klubiga qarshi birinchi oʻyinida Quaranta gol urgan. Bir yil oʻtgach, Santino yana jamoalarini oʻzgartirgan va „New York Red Bulls“ futbol klubi oʻyinchisiga aylangan. Yangi klubida u bor yoʻgʻi uchta oʻyin oʻtkazgan va mavsum oxirida yuqori raqobat tufayli jamoani tark etgan.
2008-yilda Caranta „DC United“ futbol klubiga qaytib kelgan, oʻsha yili u klubga Lamar Hunt kubogini yutib olishga yordam bergan. 2011-yilgi mavsum tugaganidan keyin Santino shartnomani uzaytirish taklifini olmagan va faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.
Xalqaro faoliyati
2005-yil 7-iyul kuni Kubaga qarshi CONCACAF oltin kubogi bahsida Quaranta AQSh terma jamoasi safida debyut qilgan. Turnirda Panama, Yamayka terma jamoalariga qarshi bahslarda ham oʻynagan va kubokni qoʻlga kiritgan. 2009-yilda Santino ikkinchi marta oltin kubokda ishtirok etgan. U Gonduras terma jamoasiga qarshi ikkita oʻyinda maydonga tushgan. Oʻyinlardan birida futbolchi milliy terma jamoa safida Meksika va Gaiti jamoalariga qarshi oʻyinlarda birinchi golini urgan. Bu musobaqada Quaranta kumush medal sohibiga aylangan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org