Santigo Tréllez




Santigo Tréllez Vivero (talaffuzi: Santyago Trelles Vivero; 1990-yil 17-yanvarda Kolumbiyada tugʻilgan) — Braziliyaning „Sport Recife“ klubi hujumchisi. Kolumbiyalik sobiq futbolchi Jon Jairo Trellesning oʻgʻli.

Biografiyasi



Santigo Tréllez futbolchi oilasida tugʻilgan — otasi Jon Jairo Trelles oʻgʻli tugʻilganda Shveysariyada „Zürich“ futbol jamoasida faoliyat yuritar edi. Santigo Tréllez „Envigado“ futbol maktabida futbol oʻynashni boshlagan. 2006-yilda u „Independiente Medellin“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 2007-yilgi Janubiy Amerika yoshlar chempionatida 17 yoshgacha boʻlgan Kolumbiya terma jamoasi safida muvaffaqiyatli oʻynaganidan soʻng hujumchini Braziliyaning „Flamengo“ klubi sotib olgan. Biroq, xujjatlarni rasmylashtirishdagi anglashilmovchiliklar sababli 3-4 oydan soʻng, Santigo Tréllez „Flamengo“ futbol klubini tark etishga qaror qilgan. Santigo Tréllez 2008—2010-yillarda Argentinaning „Vélez Sarsfild“ futbol akademiyasida tahsil olgan.

2017-yilning iyul oyida Santigo Tréllez faoliyatini Braziliya klublarida davom ettirishga qaror qilgan. U „Salvador“ futbol klubidan „Vitória“ jamoasi safiga oʻtgan. Braziliya chempionatining 23 oʻyinida 10 ta gol urgan kolumbiyalik hujumchi nomdor futbol klublarning eʼtiborini tortgan. Shundan soʻng, 2018-yilga kelib Santigo Tréllez „São Paulo“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. U 2018-yilning 8-fevralda Paulista ligasi doirasida „Bragantino“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2019-yilda u „Internacional“ futbol klubida ijara asosida oʻynagan. Turnir soʻngida uning jamoasi Braziliya kubogi finaliga chiqqan. Biroq Santigo Tréllez turnir davomida hech qaysi oʻyinda maydonga kiritilmagan. Santigo Tréllez 2021-yildan buyon ijara asosida „Sport Recife“ jamoasida oʻynamoqda.

Santigo Tréllez 1989-yilda „Atletiko Nacional“ bilan Libertadores kubogini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Santigo Tréllez „Boca Juniors“ futbol klubida ham toʻp surgan.

Santigo Tréllez Kolumbiya terma jamoasi safida ikki marta Amerika Kubogida ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti



Santigo Tréllezning ikkita singlisi ham bor, ular ota-onalari bilan Turbo shahrida yashaydilar.

Statistikasi




Yutuqlari



Jamoaviy yutuqlari

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz