Santiago Masquera
Hárold Santiago Mosquera Caicedo (talaffuzi: Harold Santyago Moskuera Kaisedo; 1995-yil 7-fevralda Buenaventurada tugʻilgan) — kolumbiyalik futbolchi, „Deportivo Cali“ futbol klubi yarim himoyachisi.
Biografiyasi
Santiago Mosquera „Millionarios“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yil 20-mart kuni Mustang kubogida „Independiente Santa Fe“ futbol klubiga qarshi bahsda debyut qilgan. 2017-yilning 23-fevralida „Deportes Tolima“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Santiago Masquera „dubl“ni amalga oshirib, „Millonarios“ futbol klubi safidagi ilk gollarini urgan. Oʻsha yili uning Kolumbiya chempioni boʻlgan.
2018-yilning 12-fevralida Mosquera MLSning „Dallas“ futbol klubiga qoʻshilgan. U 3-mart kuni „Real Salt Lake“ futbol klubiga qarshi mavsumning ochilish oʻyinida AQSh Oliy ligasida debyut qildi. 29-aprel kuni „New York City“ futbol klubiga qarshi bahsda Hárold Santiago „Dallas“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan. 2020-yil 16-sentabrda u „Colorado Rapids“ futbol klubiga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi. 2020-yilgi mavsum oxirida „Dallas“ futbol klubi Mosquera bilan shartnomani uzaytirmadi.
2020-yil 19-dekabrda Mosquera Meksika chempionatining „Pachuca“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Qoʻshma Shtatlardagi faoliyatidan soʻng, u „Pachuca“ futbol klubi bilan 2021-yil uchun shartnoma imzoladi va 1 mavsumga imzo chekdi. U liga va kubok bahslarida jami 12 ta oʻyin oʻtkazdi va hech qanday gol va golli uzatmani amalga oshirmadi.
2022-yil 9-yanvarda u „Deportivo Cali“ futbol klubiga keldi. Hamda, u dekabrga qadar, jumladan, Libertadores kubogi-2022 turnirida jamoa safida maydonga tushishi rasmiylar tomonidan tasdiqlandi.
U yangi jamoasi safidagi birinchi golini 2022-yil 19-may kuni Libertadores kubogi-2022 turnirida „Always Ready“ futbol klubiga qarshi o‘yinda kiritgan.
Jamoalari
Statistika
Manbalar
↑ „Мильонариос VS. Индепендьенте Санта-Фе 2:0“ (en). soccerway.com (20-mart 2016-yil). 8-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-aprel 2020-yil.
↑ „Мильонариос VS. Депортес Толима 3:0“ (en). soccerway.com (23-fevral 2017-yil). 25-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-aprel 2020-yil.
↑ „FC Dallas Signs Santiago Mosquera as Young Designated Player“ (en). FC Dallas (12-fevral 2018-yil). 17-oktyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-yanvar 2021-yil.
↑ „MATCH RECAP: FC Dallas 1, New York City FC 3 | 4.29.18“ (en). FC Dallas (29-aprel 2018-yil). 24-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-yanvar 2021-yil.
↑ „FC Dallas Hammers the Colorado Rapids 4-1 at Toyota Stadium“ (en). FC Dallas (16-sentyabr 2020-yil). 16-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-yanvar 2021-yil.
↑ „FC Dallas Announces Roster Decisions for 2021 Season“ (en). FC Dallas (7-dekabr 2020-yil). 15-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-yanvar 2021-yil.
↑ „FC Dallas announces series of roster moves ahead of 2021 season“ (en). The Dallas Morning News (7-dekabr 2020-yil). 17-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-yanvar 2021-yil.
↑ „Pachuca va por goles y anunció a colombiano como refuerzo“ (es). Mediotiempo (19-dekabr 2020-yil). 8-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-yanvar 2021-yil.
uz.wikipedia.org