Santiago Giménez
Santiago Tomas Gimenes (2001-yil 18-aprelda tugʻilgan) — professional futbolchi, Eredivizionning „Feyenoord“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Argentinada tugʻilgan, Meksika terma jamoasi vakili.
Klubdagi faoliyati
Cruz Azul
2017-yil 30-avgustda Gimenez Cruz Azul bilan professional debyutini Copa MX guruh bosqichida Tigres UANLga qarshi oʻyinda 2:1 hisobida gʻalaba bilan boshlagan. Ikki yildan soʻng, 2019-yil 28-avgustda u Tixuanaga qarshi Liga MXda debyutini oʻtkazgan va 3:2 hisobida magʻlub boʻlgan. U oʻzining klub bilan birinchi golini 2020-yil 2-fevralda Tolukaga qarshi liga oʻyinida kiritgan, Cruz Azul 3:3 hisobida durang oʻynagan.
Feyenoord
2022-yil 29-iyulda Gimenes 4 yillik shartnoma asosida „Feyenoord“ga oʻtgan.
Xalqaro faoliyat
Oʻzining tugʻilgan joyi Argentina vakili boʻlish imkoniyatiga ega boʻlishiga qaramay, Gimenes Meksika vakili boʻlishga qaror qilgana va „Men oʻzimni argentinalikdan koʻra koʻproq meksikalik deb his qilaman“ degan.. Gimenez otasi bilan Mekikaga koʻchib kelganidan beri shu yerda yashagan. U Meksikaning U-15, U-18, U-20 va U-23 terma jamoalari tomonidan chaqiruvlar olgan. U 2016-yilgi Xalqaro Dream Cup musobaqasida Meksika U16 terma jamoasi bilan 3 ta oʻyinda maydonga tushgan.
2020-yil sentabr oyida u Gerardo Martino tomonidan birinchi marta kattalar terma jamoasini yigʻinga chaqirilgan. Oʻsha oyda Argentina terma jamoasining 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi bosh murabbiyi Fernando Batista uni chaqirishga qiziqayotgani xabar qilingan.
2021-yil 27-oktabr kuni Gimenes Meksika terma jamoasi safida Ekvadorga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. 2021-yilning 8-dekabrida Ximenes Meksika terma jamoasi uchun birinchi golini Chiliga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida kiritgan.
Shaxsiy hayoti
U Cruz Azul bilan birga oʻynagan Kristian Gimenesning oʻgʻli.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlar
Cruz Azul Shaxsiy yutuqlar Manbalar
uz.wikipedia.org