Santiago Canizares




Jose Santiago Canizares Ruiz (ispancha: José Santiago Cañizares Ruiz)—ispaniyalik futbol darvozaboni va poyga haydovchisi.1969-yil 18-dekabrda Ispaniyaning Madrid shahrida tugʻilgan.U Ispaniya terma jamoasi safida 45 ta oʻyin oʻtkazgan.1994,1998,2006-yillardagi jahon chempionatlari hamda,1996,2000,2004-yillardagi Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan.1992-yilgi Olimpiada chempioni.

Faoliyati



Klubdagi faoliyat



Canizares „Real Madrid“ tarbiyalanuvchisi.1988-yildan 1998-yilgacha Santiago jamoada oʻz oʻrniga ega boʻlishga harakat qildi.Avvaliga „qaymoqranglilar“ rahbariyati futbolchini ijaraga berdi-"Elche", „Merida“ va „Selta“da (Cañizares Premerada debyut qilgan).1994-yilda Santiago ijaraga olinmadi va Madrid klubida 4 mavsum qoldi.Lekin uzoq vaqt davomida avvaliga Fransisko Buyo,keyinroq Bodo Ilgnerning oʻrinbosari sifatida qoldi.Canizares „Real“ning asosiy darvozaboni boʻlgan birinchi mavsum 1997/98-yilgi mavsum edi.Santiago 26ta,Illgner 12ta oʻyinda maydonga tushgan.

1998-yilda Canizares „Valensiya“ga koʻchib oʻtdi va u yerda faoliyatini tugatayotgan Andoni Zubizarettani alamshtirishi kerak edi.Santiago XX-asr boshlarida milliy va xalqaro maydonda oʻzini koʻrsatgan „Valensiya“ning muhim oʻyinchisi edi.Canisares bilan „koʻrshapalaklar“ 2 martadan chempionlik va mamlakat kubogini qoʻlga kiritdilar, ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdi va UEFA kubogini qoʻlga kiritdi.2007-yil 20-dekabrda „Valensiya“ rahbariyati (mojaroning tashabbuskori oʻsha paytdagi klub bosh murabbiyi Ronald Kuman edi) Canizares (shuningdek, David Albelda va Migel Angulo bilan) bilan shartnomani bekor qildi.2008-yilning bahorida Kuman ishdan boʻshatilgandan soʻng,Canizares jamoaga qaytib, jarohat olgan „Valensiya“ darvozabonlari Timo Xildebrand va Xuan Luis Mora oʻrniga maydonga tushdi.2008-yil 18-mayda Santiago xayrlashuv oʻyinini oʻtkazdi, unda „Valensiya “ „Atletiko Madrid“ni magʻlub etdi.

Terma jamoadagi faoliyati



Canizares Ispaniyaning turli yoshdagi terma jamoalarida oʻynagan.Olimpiya terma jamoasining bir qismi sifatida u Ispaniyaning Barselonada boʻlgan Olimpiada o'yinlarida gʻolib chiqdi.

Canizares Ispaniya terma jamoasida 1993-yil 17-noyabrda daniyaliklar bilan JCH-1994 saralash baxsida ispanlarning asosiy darvozaboni Andoni Zubizarreta qizil kartochka olganidan keyin debyut qilgan.Santiago oʻz darvozasini daxlsiz qoldirdi va terma jamoaga raqib ustidan juda muhim gʻalaba qozonishga yordam berdi (1:0).

Koʻpincha terma jamoada Canizares ikkinchi darvozabon boʻlgan."Qizil furiya" safida 45 ta oʻyin oʻtkazgan, atigi 5 tasida jahon va Yevropa chempionatlarida qatnashgan. Santiago 1994-yilgi jahon chempionatida bitta,Yevro-2000da 3 ta va 2006-yilgi jahon chempionatida yana bir oʻyin oʻtkazgan.Shuningdek u Yevro-1996,JCH-1998 va Yevro-2004 uchun qaydnomaga kiritilgan, ammo u bu turnirlarda birorta ham oʻyin oʻtkazmagan-90-yillarda u Zubizarreta, 2004-yilda Kasilyasning oʻrinbosari boʻlgan.

Shuningdek darvozabon 2002-yilgi jahon chempionatini bemaʼni jarohati tufayli oʻtkazib yuborishi bilan mashhur:oʻz uyida Canizares oyogʻiga odekolon shishasini tashlab,Axilles payini kesib yuboradi.Shunga qaramay, darvozabon koʻplab uchrashuvlarda (shu jumladan Koreya Respublikasiga qarshi chorak final oʻyinida, penaltilar seriyasida ispanlar uchun 3:5 hisobida yakunlangan) tomoshabin sifatida qatnashdi.

Shahsiy hayot



Canizares ikki marta uylangan.Uning yetti farzandi bor, jumladan,Mayte Garsiya bilan ikkinchi nikohidan uch egizak farzandi bor.

2018-yil 23-mart kuni Canizares besh yoshli oʻgʻli Santi saraton kasalligidan vafot etganini maʼlum qildi.

Yutuqlari



Jamoaviy



Ispaniya terma jamoasida

"Real Madrid"

„Valensiya“

Shaxsiy




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz