Santiago Ascacibar
Santiago Ascacibar (talaffuzi: Santyago Askasibar; 1997-yil 25-fevralda Argentinada tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, „Hertha“ futbol klubida yarim himoyachisi, „Cremonese“ futbol klubi va Argentina terma jamoasida ijara asosida oʻynaydi. 2016-yilda Rio de Janeiroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Klublardagi faoliyati
Santiago Ascacibar oʻz shahrining „Estudiantes“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yilda u asosiy jamoaning tarkibiga kiritilgan. 8-fevral kuni „Lanús“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Santiago Ascacibar Argentina premyer ligasida debyut qilgan. Oʻsha yilning iyun oyida Rossiyaning „Spartak“ va „Rubin“ futbol klublari Santiago Ascacibarga qiziqish bildirishgan.
2017-yilning yozida Santiago Ascacibar Germaniyaning „Stuttgart“ futbol klubiga oʻtgan. Shartnoma 2022-yilgacha imzolangan. Transfer summasi 8,5 million yevroni tashkil qilgan. 10-sentabr kuni „Schalke 04“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Santiago Ascacibar Bundesligada debyut qilgan.
2020-yil boshida Santiago Ascacibar poytaxt „Hertha“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Transfer summasi 9 million yevroni tashkil etgan.
Xalqaro faoliyati
2016-yilning yozida Santiago Argentina olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio de Janeirodagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Turnirda Santiago Ascacibar Portugaliya, Jazoir va Gonduras jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2017-yilda Santiago Ascacibar Argentina yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadorda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Santiago Ascacibar Peru, Boliviya, Kolumbiya, Braziliya, Ekvador, Venesuela va Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Oʻsha yili Santiago Ascacibar Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Santiago Ascacibar Gvineya, Angliya va Janubiy Koreya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2018-yil 8-sentabr kuni Gvatemalaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Santiago Ascacibar Argentina terma jamoasida debyut qilgan va ikkinchi boʻlimda Leandro Paredes oʻrniga maydonga tushgan.
Statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org