Santa-marta




Santa-marta — Kolumbiyaning shim. qismidagi shahar. Magdalena departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 309,3 ming kishi (1990y.lar oxiri). Karib dengizi sohilidagi port (chetga banan, kofe, chorvachilik, mahsulotlari chiqariladi). Aeroport bor. Oziqovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Kurilish materiallari ishlab chiqariladi. Baliq ovlanadi. Shaharga 1525-yilda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklaridan 17—18-asrlarda kurilgan qalʼa va soborlar sakdangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz