Santa-krus




Santa-krus — Boliviyaning markaziy qismidagi shahar. SantaKrus departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 914,8 ming kishi (1997). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim iqtisodiy markazi. Oziqovqat, koʻnteri sanoati korxonalari, shahar chetida neftni qayta ishlash zavodi bor. Dehqonchilik (paxta, shakarqamish, tamaki, sholichilik) rayoni markazi. universitet bor. Shaharga 1560-yilda asos solingan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz