Santa-klara




Santa-klara — Kubaning markaziy qismidagi shahar, Kubanikay va Veliko daryolari boʻyida. VilyaKlara provinsiyasining maʼmuriy markazi. Ahrlisi 205,4 ming kishi (1990y.lar oʻrtalari). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Qishloq xoʻjaligi (shakarqamish, tamaki, goʻshtsut chorvachiligi) rayonining savdosanoat markazi. Qora metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik, oziq-ovqat, tamaki, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari; universitet bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shaharga 1689-yilda asos solingan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz